ⓘ Jomboy shahri. Jomboy tumani - Ozbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi tuman. 1935 yil 9-fevralda tashkil etilgan. Shim.da viloyatning Payariq tumani, Ji ..

                                     

ⓘ Jomboy shahri

Jomboy tumani - Ozbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi tuman. 1935 yil 9-fevralda tashkil etilgan. Shim.da viloyatning Payariq tumani, Jizzax viloyati, garbda Oqdaryo, Samarqand tumanlari, sharqda Bulungur tumani, jan.da Toyloq tumani bilan chegaradosh. Mayd. 0.55 ming km 2. Aholisi 114.3 ming kishi. J.t.da 8 qishloq fuqarolari yigini,

1 shahar Jomboy bor. Markazi - Jomboy shahri

Tuman hokimi - Boriyev Xusan Abdiqobilovich. Aholisi-141 ming

                                     

1. Tabiati

J.t. viloyatning jan.sharqiy qismida joylashgan, yer yuzasi past-tekislik va qirlardan iborat. Shim.da Gubdin togi va tog oldi tekisligi joylashgan. Iqlimi keskin kontinental. Iyulning ortacha temperaturasi 27°, yanvarniki - 2.6°. Yiliga 317 mm yogin tushadi. Vegetatsiya davri 240 kun. Tipik boz tuproq, allyuvial otloqi, otloqi, otloqi-botqoq tuproqlar tarqalgan. Tuman jan.da Zarafshon daryosi oqib otadi. Sarisuv, Polvon, Orta, Bulungur, Mirza va b. kanallari bor. Tog oldi qismida chol osimliklari, tekislikda esa beshbarmoq, qirqbogim, qoga, qamish va b. osadi. Yovvoyi hayvonlardan bori, chiyabori, quyon, yumronqoziq, qushlardan kokqarga, bulbul, kakku, laylak va b. uchraydi. J.t. hududida Zarafshon qoriqxonasi joylashgan. Orta asrlarda tuman hududida Bedana qorigi deb atalgan mavze bolgan.

                                     

2. Aholisi

Aholisi, asosan ozbeklar; shuningdek, tojik, tatar, rus va b. millat vakillari yashaydi.2012 yil 1 yanvar holatidagi doimiy aholi soni – 141 889 kishi, shundan shahar joylarda – 33 988 kishi erkaklar – 16 680, ayollar – 17 308, qishloq joylarda 107 901 kishi erkaklar – 54 354, ayollar – 53 547 Samarqand shahrigacha bolgan masofa – 13 km. Jomboy– Samarqand viloyatidagi qishloq tumani va tuman markazi nomi. Toponimning jomyoki yom" bekat, istehkom” sozi bilan aloqasi yoq. Ye.Koychibayevning aytishicha, Jomboynomli toponim Qozogistonning Guryev oblastida ham bolib, etnik nom asosida vujudga kelgan. Jomboy qozoqlarning bir urugi nomi.

                                     

3. Xojaligi

J. t.da 11 sanoat korxonasi, jumladan paxta tozalash zavodi, 3 ta qoshma korxona, eng muhimi "Samjinteks" Ozbekiston-Turkiya qoshma toqimachilik f-kasi, qariyb 150 ta kichik korxona bor. Q.x.da paxtachilik, gallachilik, sabzavotchilik, chorvachilik bilan shugullaniladi. Jami yer fondi 55.9 ming ga, shu jumladan sugoriladigan yerlar 28.1 ming ga. Q.x.ga yaroqli yerlar 46.9 ming ga, ormon fondi yerlari 2.4 ming ga. Paxta 6.2 ming ga, galla 12.3 ming ga, sabzavot 350 ga yerga ekiladi. Tumanda 13 jamoa, 5 shirkat, 1 ormon, 1 chorva xojaligi mavjud. Tuman jamoa xojaliklari va shaxsiy xojaliklarda qariyb 42 ming qoramol, 20 mingga yaqin qoy-echki bor. Ormon mayd. 277 ga. Ormon xojaligida asosan, terak ostiriladi. Tuman hududidan Toshkent - Samarqand temir yol otgan 17 km. Xalqaro avtomobil yoli 20 km. Jami 56 umumiy talim maktabida 31 mingdan ziyod oquvchi, hunar litseyida 600 ga yaqin oquvchi talim olmoqda. Markaziy kutubxona, markaziy bolalar kutubxonasi, 43 qishloq kutubxonasi, markaziy madaniyat uyi, 18 qishloq madaniyat uyi, klub, maishiy xizmat korsatish punktlari bor. 446 orinli 3 kasalxonada 198 vrach bolib, har 10 ming kishiga 17.3 vrach togri keladi. 1935 y.dan "Jomboy tongi" gaz. nashr etiladi adadi 1310.