ⓘ Jorabek, Jorabek dodxoh Qalandar ogli - Buxoro amirligi tarkibidagi Kitob begi, harbiy arbob, marifatparvar, rus armiyasi generali. 1852 - 53 y.lardan amir Nasr ..

                                     

ⓘ Jorabek

Jorabek, Jorabek dodxoh Qalandar ogli - Buxoro amirligi tarkibidagi Kitob begi, harbiy arbob, marifatparvar, rus armiyasi generali. 1852 - 53 y.lardan amir Nasrullo xizmatida. 1856 y. J. toqsobo amir tomonidan Kitob begi Olloyorbek xizmatiga yuborilgan. 1861 y.da amir Muzaffar tomonidan Kitobga hokim qilib tayinlangan Zokirbek yuritgan siyosat xalqning norozilik chiqishlariga sabab boladi va uning orniga xalq xohish-istagiga kora J. hokimlikka kotariladi. J.ning hokimlik qilgan davrida beklikning Buxoro amirligidan siyosiy va iqtisodiy mustakilligi kuchaya boradi. Beklikning iktisodiy tizimi: savdo-sotiq, soliklar, ekin-tikin masalalari tartibga solinadi. Yollar, mudofaa inshootlari tartibga keltiriladi. Buxoro va Qoqon xonliklarida quvginga uchragan siyosat va madaniyat arboblari shu beklikdan panoh topishadi.

Orta Osiyoga chorizm bosqini boshlangan davrda J. bosqinchilarga qarshi qatiy kurash pozitsiyasida turgan. Buxoro amiri rus armiyasi tajovuzla-riga qarshi mudofaaga tayyorgarlik korayotgan bir davrda J. Shahrisabz hokimi Bobobek bilan birgalikda amir Muzaffardan ozaro nizolarni unu-tishni sorab va yogiyga qarshi jihodsa barcha musulmonlar bilan bir safda turib kurashish istagini bildirib maktub yollashadi. Ammo ularning bu istagi amirning ularga ishonchi bolmaganligi tufayli ijobatsiz qoladi. J. amirning bosqinchilarga nisbatan yuritgan taslimchilik, keyinchalik esa kelishuvchanlik siyosatidan norozi bolgan kuchlarga boshchi sifatida siyosiy maydonga kelgan Abdumalik tora harakatining faol ishtirokchilaridan biriga aylanadi.

1868 y. 1 - 8 iyun kunlari Samarqandni rus qoshinlaridan qaytarib olish maqsadida amalga oshirilgan shahar qamali rahbarlaridan biri. Bazi zamondoshlari fikriga kora, muvaffaqiyatsiz tugagan Samarqand qamali J. tomonidan ishlab chiqilgan Vatanni ozod qilish rejasining tarkibiy qismi bolgan. 1870 y. 14 avg.da Shahrisabz va Kitob bekliklari chor armiyasi tomonidan bosib olinganidan ke-yin J. Bobobek bilan birga Qoqon xonligi orqali Qashqarga qochishga urinadi, lekin Xudoyorxon tomonidan tutib Turkiston general-gubernatori K. P. fon Kaufmanga topshiriladi. 1870 - 1906 y.lar mobaynida J. Toshkentda yashab, olka ijtimoiy-siyosiy xayotida ishtirok etadi. 1871 - 82 y.larda Turkiston general-gubernatorligi mamuriyatida tarjimonlik qiladi. Chor armiyasining Qoqon xonligini tugatish maqsadida amalga oshirgan yurishlarida ishtirok etadi. K. P. fon Kaufmandan keyingi davrda olkani boshqargan general-gubernatorlar davrida ozining olka ustidan rus hukmronligi togrisidagi, mahalliy aholining ayanchli ahvoli borasidagi keskin fikrlari uchun faol siyosiy faoliyatdan bir qadar chetlashtiriladi. 1895 y.da Toshkent sh. Dumasining azosi sifatida Bobobek bilan birga Nikolay II ning taxtga otirishi munosabati bilan unga tabriknoma va sovga-salom yuborilishiga qarshi chiqqan.

Ilm-marifatga katta ahamiyat bergan. Sharq qolyozmalarining, xususan, nodir asarlarning boy kutubxonasiga ega bolgan. Sharq tillari hamda rus tilini yaxshi bilgan. 1876 y. Peterburgda bolib otgan sharqshunoslarning 3-xalqaro kongressida qatnashib maru-za qilgan. 1902 y.da Turkistonga tashrif buyurgan jadidlar yetakchisi I. Gasprinskiy bilan uchrashadi. Jadidlar bilan hamfikr bolgan J. "Tarjimon" gazetasining Turkistondagi faollaridan biriga aylanadi. Ozbek mutafakkir shoiri Furqat bilan dostona munosabatda bolgan. Rossiyada 1905 y. yanvarda boshlangan voqealar tufayli Turkiston xalqlari orasida sodir bolgan kotarilishlar davrida Toshkentda J. boshchiligida bir necha marta xalq yiginlari otkaziladi va ularda mamlakatda vujudga kelgan vaziyatdan foydalangan holda olkani chidab bolmas ogir ahvoldan qutqarish choralarini korish masalasi kun tartibiga qoyiladi. J. sirli tarzda oldirilgan.