ⓘ Joxori - galladoshlar oilasiga mansub bir va kop yillik osimliklar turkumi, don va yem-xashak ekini. J.ning 50 ga yaqin yovvoyi va madaniy turi bor. Donli J., s ..

                                     

ⓘ Joxori

Joxori - galladoshlar oilasiga mansub bir va kop yillik osimliklar turkumi, don va yem-xashak ekini. J.ning 50 ga yaqin yovvoyi va madaniy turi bor. Donli J., shirin J., durra, supurgi J., otsimon J. kabi bir yillik turlari koproq ekiladi. Vatani - Mar-kaziy Afrika. Miloddan avvalgi 4 - 3-ming yillikdan beri ekib kelinadi. Eron, Hindiston, Xitoy, AQShda va Afrika, Okeaniya, Avstraliya, Orta Osiyo, Ukraina jan.da ekiladi. Jahon boyicha J. ekin maydonlari 43.6 mln.ga dan ortiq, yalpi hosili 68.2 mln. t, hosildorligi 14.4 s/ga. Ozbekistonda ekin maydoni 9 ming ga. J.ning ildiz tarmogi popuk ildiz bolib, asosiy qismi yerning haydalma qatlamida rivojlanadi, ayrim ildizlar esa 2.5 m chuqorlikka kirib boradi. Poyasi somon poya, boyi 0.5–7 m gacha, ortacha 2–3 m, poyaning ichi govak parenxima toqimalari bilan tolgan. Poyasi tuplanadi. Bargi keng, 10 - 25 ta boladi. Topguli rovak, uz. 15 - 60 sm, yon shoxlari uchlarida 2 ta boshoqcha chiqa-radi, bittasida meva hosil boladi. J. chetdan changlanadi. Doni krbikli va qobiqsiz, dumaloq, tuxumsimon; rangi oq yoki sariq. 1000 ta doni vazni 20 - 70 g. Donining tinim davri yoq, hosil yigilgandan song ekish mumkin. J. muhim don ekini, doni oziqovqatga ishlatiladi. Donidan yorma, un, spirt, kraxmal tayyorlanadi, unidan non yopiladi, mol va parrandalarga toyimli yem sifatida beriladi. Kok massasi siloslanadi. Doni toyimli, tarkibida 65 - 75% kraxmal, 10 - 15% oqsil, 3.5% gacha yog bor. 100 kg J. doni 119 ozuka birligiga teng. 100 kg kok massasida - 23.5, silosida - 22, pichanida - 49.2 ozuka birligi bor. Poya shirasida 10 - 15% qand bolib, shinni ishlab chiqariladi. Supurgibop J.dan supurgilar va chotkalar tayyorlanadi. J. takroriy ekin sifatida ham ekiladi. J. bir yillik osimlik. Qur-goqchilikka va issiqlikka chidamli. Tuproq va havo qurgoqchiligiga bardosh beradi. Maysasi - G da nobud boladi. 30 - 40° haroratga chidaydi. Yorugsevar, qisqa kun osimligi. Tuproqqa talab-chan emas, ammo govak tuproklarda yaxshi osadi. Shorga chidamli, osuv davrining boshlanishida sekin osadi. Ekilgan uruglar 10 - 15 kunda maysalaydi, 25 - 30 kundan keyin tuplanadi, 40 - 50 kunda nay orash davriga kiradi, rovak chiqarish davri 55 - 65 kunga boradi, rovak chiqarishdan 5 - 6 kundan keyin gullash boshlanadi. Osuv davri 75 - 100 kun. J. goza, noxat, boshqa dukkakli ekinlardan boshagan yerlarga ekiladi. Chimqirqar plug bilan 28 - 30 sm chuqurlikda shudgor qilinadi. Yer qurigan bolsa shudgordan oldin sugori-ladi. Shudgorlashdan oldin gektariga 10 - 15 t gong, 50–60 kg fosfor, 40–50 kg kaliy solinadi. Bahorda harorat 13 - 15° bolganda keng qatorlab ekiladi. Uruglik ekish normasi 5–10 kg/ga, ekish chuq. 3 - 5 sm, kochat qalinligi har gektarda 70 - 100 ming tupga boradi. Qator oralariga 2 - 3 ishlov beriladi. Sugori-ladigan maydonlarda 25 - 30 s/ga don, 300 - 400 s/ga kok massa beradi.

Navlari. Ozbekistonda J.ning 3 turi donli J., shirin J. va supurgi J. guruxlari koproq Qoraqalpogiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro viloyatlari, Fargona va Mirzacholning sugoriladigan shor yerlarida ostiriladi. Sugoriladigan maydonlarda Kattabosh, Chillaki, Ozbekiston 5, Sangzor, Ozbekiston 18, Karlik Pastak va boshqa navlari ekiladi.

J. zararkunandalari: bitlar, simqurtlar, tunlamlar, poya parvona-si, karadrina; kasalliklari: chang qorakuya, poya va ildiz chirishi, bakteriozlar.

Halima Otaboyeva.