ⓘ Zamburugli kasalliklar, mikoftozlar - parazit va yarim parazit zamburuglar qozgatadigan infeksion kasalliklar. Zamburuglar tasirida osimliklarda butun organizm ..

                                     

ⓘ Zamburugli kasalliklar

Zamburugli kasalliklar, mikoftozlar - parazit va yarim parazit zamburuglar qozgatadigan infeksion kasalliklar. Zamburuglar tasirida osimliklarda butun organizm yoki uning malum kismi tuzilishi va fiziologik funksiyasining buzilishiga sabab boluvchi kasallik jarayoni vujudga keladi. Boshqa osimlik kasalliklariga nisbatan kop tarqalgan va zararli; ular osimlik hosilini va mahsulot sifatini pasaytiradi, mevali va rezavor osimliklarning hosil berish muddatini qisqartiradi. Eng kop tarqalgan Z.k.: solish, chirish, bortma, osimta, shish, yara, bargda doglar paydo bolishi bilan kechadigan kasalliklar, osimlikning pakanaligi, majruxligi va b. Bir turdagi osimlik bir necha onlab xil Z.k. bilan zararlanishi mumkin. Z.k. eng kup zarar keltiradigan va kop tarqalgan kasalliklardan hisoblanadi. Mac, gozaning vilt kasalligi, bugdoyning qorakuya va zang, ildiz chirishi kasalliklari, kartoshkaning fitoftoroz kasalligi va b.larda hosil juda kamayib ketadi. Z.k. bilan zararlangan osimlikning urugi, tuganagi, piyozlari, qalamchalari, kochatlari va infeksiya manbai bulishi mumkin. Infeksiya hosil yigimidan keyin tuproqda qolgan osimlik qoldiklarida saqlanishi va osimlik ildizi, ildiz bogizi va b. tuproq osti organlariga tushib kasallik quzgashi mumkin. Bazi patogen zamburug sporalari shamol, yomgir, hasharotlar, sut emizuvchilar, shuningdek, ifloslangan idishlar, q.x. mashinalari va asboblari orqali ham otadi. Osimlik toqimalariga patogen zamburuglar ogzicha, yasmiqchalar, hujayra epidermisi va kutikulasi, doldan hosil bolgan yaralar, oftob urgan, yorilgan joy orqali kirishi mumkin. Kasallik rivojlanishi tashqi sharoitga ham bogliq. Maye, tuprokda fosfor va kaliy yetishmasligidan donli ekinlarning zang kasalligi, kartoshkaning fitoftoroz bilan zararlanishi ortadi. Zararlanish harakteriga qarab mahalliy va umumiy tasirli boladi. Mahalliy zararlanishga doglar, zamburug guborlari, yaralar, shishlar paydo bolishi misol boladi. Doglar bargning alohida qism larini nekrozga olib keladi, kuchli rivojlanganda barglar tokilishi mumkin. Zamburug guborlarini osimliklar unshudring va soxta unshudring bilan kasallanganida kuzatish mumkin. Osimlikning mahalliy zararlanishi, kopincha, turli organlarda chetlari rangli hoshiya bilan oralgan yara kurinishida boladi. Zang zamburugi bilan zararlangan galladoshlar, dondukkaklilar va b. ekinlar barg hamda b. organlarida zamburug sporalari tuplangan yostiqcha korinishidagi zang tusli shishlar paydo boladi. Kuzga borib shishlar qorayadi. Osimlikning suv va oziq moddalarga boy organlari, kupincha chirish bilan kasallanadi. Osimlikning zamburug bilan umumiy kasallanganligi belgisi - solishdir. Bu turli organlardagi taranglik ning yoqolishi bilan harakterlanadi. Goza, zigir, kartoshka va b. osimliklar sulishi kop Zamburugli kasalliklar: 1 - bugdoy qatgiq qrrakuyasi; 2 - bugdoy chang qorakuyasi; 3 - makkajoxori pufaksimon qorakuyasi; 4 - kartoshka fitoftorozi; 5 - olma kalmarazi; 6 - qulupnay kulrang chirishi. Kasallikning rivojlanish tezligini ekologik omillar belgilaydi: malum sharoitlar zamburugning spora hosil qilishiga salbiy tasir korsatadi, sporalarning osishi va osimlikning kasallanishiga tosqinlik qiladi. Z.k.ga qarshi agrotexnik, kimyoviy va fizikmexanik choratadbirlar majmui qollaniladi. Kasallikka chidamli navlar ekiladi, mikrobiopreparatlardan foydalaniladi, ekinlar urugligi kimyoviy preparat lar bilan dorilanadi, osimliklarga pestitsidlar, fungitsidlar purkaladi yoki changitiladi. Z.k.ga qarshi kurashda chidamli navlarni yaratib, ularni i.ch.ga joriy qilish katta ahamiyatga ega. Ad.: Serb i nov V. I. Qishloqxojalik ekinlarining kasalliklari, T., 1964; Karimov M. A., Goza kasalliklari, T., 1979. Sultan Alimuhamedov.