ⓘ Zangiota - avliyo, tasavvning taniqli vakili. Arslonbobning avlodi avarasi. Toshkent sh.ning Samarqand darvoza kochasidagi Zangiota mahallasida tugilib osgan de ..

                                     

ⓘ Zangiota

Zangiota - avliyo, tasavvning taniqli vakili.

Arslonbobning avlodi avarasi. Toshkent sh.ning Samarqand darvoza kochasidagi Zangiota mahallasida tugilib osgan degan taxmin bor. Arab naslidan, qora tanli bolganligi uchun zangi zanji, hurmat yuzasidan va oliy himmatligi uchun Zangibobo Himmatiy deb atashgan. 3. yoshligida otasidan talim oldi. Otasi vafotidan keyin Ahmad Yassaviynpnt xalifasi va shogirdi bolmish Hakim ota Sulaymon Boqirgoniy huzuriga bordi. Bir necha yil uning mulozamatida bolib, undan yassaviylik tariqati sirasrorlari, odobini organdi va bu tariqatning yetuk namoyandasi bolib yetishdi. Song oz vatani - Shosh viloyatiga qaytib kelib, aholini ilohiy-axloqiy, tasavvufiy yolyoriklar bilan tarbiyalashga kirishdi, koplab mutasavviflar tayyorladi. Z.ning butun hayoti Movarounnahr xalqlarining ogir va dahshatli davriga togri keldi. Mogul istilochilari mamlakatni xonavayron qilib, xalq ommasini kullik iskanjasiga solgan bir paytda 3. va uning izdoshlari xalq orasida vatanparvarlik, mehnatsevarlik, adlu insof, poklik, yaxshilik, mehrshafqat, xudojoylik kabi umuminsoniy goyalarni targib qildi. Z.ning murid va shogirdlari, xususan, Uzun Hasanota, Sayyidota, Sadrota va Badrota Dashti Qipchoq ozbeklari, Volgaboyi va Ural togi etaklaridagi tatar va boshqirdlar orasida islom dinining yoyilishiga hissa qoshdi. 3. podachilik qilib, halol rizq topib hayot kechirgan. Namoz va zikrni kanda qilmagan. Z.ning karomatlari va fazilatlarini Xoja Ahror, shoirlar Maxtumquli, Kamiy Toshkandiy va b. tilga olib, sher va xotiralar yozib qoldirganlar, xalq rivoyatlar toqigan. Bazi manbalarga kora, 3. ustozi Hakim ota vafotidan song uning xotini Anbar bibini nikohiga olib, undan bir necha farzand koradi. Farzandlar ham 3. kabi etiqodli, insofli kishilar bolib yetishadilar, xalqni haqiqat yoliga boshlashda rahnamolik qiladilar. 3. va Anbar bibining qabri Zangiota tumanidati Zangiota qishlogida. 3. dafn etilgan mozor yonida masjid va Madrasa qad kotargan. Bu joy ziyoratgoh hisoblanadi qarang Zangiota majmuasi.