ⓘ Zarbiy tolqin – tovush tezligi dan katta tezlikka ega jiyemning yoki zichligi, bosimi va temperaturasi keskin yuqori bolgan muhit qatlamining harakati tasirida ..

                                     

ⓘ Zarbiy tolqin

Zarbiy tolqin – tovush tezligi dan katta tezlikka ega jiyemning yoki zichligi, bosimi va temperaturasi keskin yuqori bolgan muhit qatlamining harakati tasirida muhitda paydo boladigan tolqin. Portlash va detonatsiya natijasida jismlar yoki jism qatlamlari tovush tezligidan katta tezlikda harakatlanganda, lazer nuri fokusida va h. k.da hosil boladi. Zarbiy tolqin natijasida moddalarning zichligi, bosimi va temperaturasi keskin oshib ketadi. Zarbiy tolqin fronti orqasidan atmosfera bosimidan katta bosimli siqilgan xavo qatlami, bular orkasidan esa atmosfera bosimidan kichik bosimli siyrak havo qatlami harakatlanadi. Zarbiy tolqin siqilgan havo qatlamidan tezroq siljiydi, vaqt otishi bilan Zarbiy tolqin harakati susayadi, bir ozdan song tezligi tovush tolqini tezligiga baravarlashadi. Atom bombasi portlaganda hosil boladigan Zarbiy tolqin bunday qurolning asosiy shikastlovchi omili hisoblanadi. Maye, trotil ekvivalenta 20 ming t bolgan bomba portlaganda hosil boladigan Zarbiy tolqin 4 km naridagi binolarni vayron qilishi, jangovar texnikani yoq qilishi yoki ishdan chiqarishi mumkin. Bunday Zarbiy tolqin 1.5 km naridagi kishilar va hayvonlarni ham shikastlaydi. Oddiy himoya vositalari Zarbiy tolqin tasirini ancha kamaytiradi.