ⓘ Zaryad - 1 elektr 3. - elektromagnit maydon manbai; zaryadlangan zarralarning uzaro elektromagnit tasirlashuvi intensivligini ifodalaydigan fizik kattalik. Bir ..

                                     

ⓘ Zaryad

Zaryad - 1) elektr 3. - elektromagnit maydon manbai; zaryadlangan zarralarning uzaro elektromagnit tasirlashuvi intensivligini ifodalaydigan fizik kattalik. Bir xil ishorali Z.lar birbiridan itariladi, har xil ishorali Z.lar esa birbiriga tortiladi. Elektronlar, pozitronlar, protonlar, zaryadli mezonlar va b. elementar zarralar hamda atom yadrosi eng kichik musbat yoki manfiy elektr Z.ga ega. Elektr 3., odatda, elektrostatik birliklar yoki kulonlar bilan ulchanadi. Eng kichik elementar elektr 3. ye = 10 |0 SGSE birlikka teng. Elementar elektr Z.ni birinchi marta 1911 y.da R. E. Milliken aniq ulchagan; 2) portlovchi modda Z.i - maxsus kamera ga joylashtirilgan, vazni va ornatiladigan joyi oldindan hisoblangan hamda portlatishga tayyorlangan portlovchi modda; 3) uloqtiriladigan porox Z.i - oq otar qurol stvoli kanalida snaryad ni harakatga keltirish va kerakli tezlikda otish uchun zarur bolgan, gilza yoki alohida qopchiklar ga joylashtirilgan malum miqdordagi porox; 4) qattiq raketa yoqilgisi Z.i - dvigatel kamerasiga joylashtirilgan va yonganda raketani harakatlantiruvchi reaktiv kuch hosil qiladigan bir yoki bir necha qattiq yoqilgi bloki.