ⓘ Zeyeman effekti - atom va atom sistemalarining magnit maydonda energiya sathlari va spektral chizik,larining ajralishi. P. Zeyeman natriy bugining magnit maydon ..

                                     

ⓘ Zeyeman effekti

Zeyeman effekti - atom va atom sistemalarining magnit maydonda energiya sathlari va spektral chizik,larining ajralishi. P. Zeyeman natriy bugining magnit maydonida yoruglanishini tekshirish paytida kashf etgan. 3. e. ning sodir bolishiga magnit momentiga ega atom sistemasining tashqi magnit maydonida qoshimcha energiya olishi sabab boladi. Natijada uning energiya satxlari va, demak, spektr chiziklari ajraladi. 3.e.ni kuzatish uchun P. Zeyeman bir jinsli, kuchli elektromagnit qutblari orasiga chizik,li spektr manbai joylashtirib, undan chiqayotgan yoruglik nurini katta ajratish kuchiga ega bolgan spektral apparat S ga yonaltirgan. Hyp qutblanishini kuzatish uchun uning yoliga analizator joylashtirilgan. Qutblantirgich vazifasini magnit maydoni bajargan. Hodisa ikki yonalishda: maydonga tik va maydon yonalishida kuzatilgan. Oddiy chastota v li atom spektrlari magnit maydoniga kiritilgandan song maydon yonalishi boyicha v - Av va v+Av dubletiga va maydonga tik yonalish boyicha kuzatilganda esa V - Av, v va v+Av tripletiga ajralgan. 3. e. elektronlarning mavjudligini va atomlarning murakkab tuzilganligini isbotlashda juda muhim rol oynadi. U elektronlar qobigidagi elektron magnit momenti proyeksiyasining diskret qiymatiga bogliqbolgan energetik darajasi haqida ham bevosita malumot beradi.