ⓘ Ziviye - Eronning shim.garbidagi qad. manzilgoh. 3. dan oltin, kumush, jezdan yasalgan buyumlar xazinasi topilgan. Fransuz arxeologi R. Girshman tomonidan 1950 ..

                                     

ⓘ Ziviye

Ziviye - Eronning shim.garbidagi qad. manzilgoh. 3. dan oltin, kumush, jezdan yasalgan buyumlar xazinasi topilgan. Fransuz arxeologi R. Girshman tomonidan 1950 - 60 y. larda tadqiq etilgan. 341 ta buyumdan 43 tasi oltin, 71 tasi kumush, 103 tasi fil suyagidan ishlangan. 3. tepaligi ustida kichik qala harobalari saqlangan. R. Girshmanning fikricha, 3. tepaligi skiflar podshosi ning ogli, skiflar yolboshchisi Madiyning qabri bolgan. Koplab qurolaslaha, hokimiyat belgisi sanalgan diadema, oltin kamar, pektoral - kokrakka taqiladigan bezak va b. topilgan. Oltin buyumlardan birida podiyu oziga hamla qilayotgan sherga shamshir urayotgani, sopol buyumlarda oyoqlarini yigishtirib olgan shoxli bugu, qoplon, tog echkisi, grif, quyon va b. tasviri skiflarning "hayvoniy uslubida" ishlangan.

Kochmanchilarning jangovar qoshinlari dastlab mil. av. 8-asr ga oid Yaqin Sharq yozma manbalar bizga malum bolgan eng kadimiysi - ossuriyalik josuslarni Urartudan 720y. larda yozgan xabarnomasiida: "umman manda qabilasi", "gummaru" kimmeriylar, "ashkuzay", "ishkuzay" skiflar, "saka" saklar uchraydi. 7-asr ning 70y. lari bu qabilalar Old Osiyo tashqi siyosatida faol qatnasha boshlaydilar va keyinchalik hatto Jan. Ozarbayjonda, Mana davlatining yaqin atrofida uzoq mavjud bolmagan 28 yil "skif podsholigi" ni barpo etganlar. == Adabiyot ==

  • Lukonin V. G., Drevniy i rannesrednevekoviy Iran, M., 1987.