ⓘ Ijtimoiy struktura - ijtimoiy tuzum tarkibiy qismlari ortasidagi barqaror va tartiblashgan aloqalar tarmogi. Ijtimoiy guruhlar munosabatlari, mehnat taqsimoti, ..

                                     

ⓘ Ijtimoiy struktura

Ijtimoiy struktura - ijtimoiy tuzum tarkibiy qismlari ortasidagi barqaror va tartiblashgan aloqalar tarmogi. Ijtimoiy guruhlar munosabatlari, mehnat taqsimoti, ijtimoiy tartibotlar xususiyati bilan belgilanadi. Aholining I.s.si, shuningdek, uning kasbhunar, milliy, jins, yosh, madaniy va b. belgilari boyicha bolinishini ham oz ichiga oladi. I.s. ijtimoiy hayot xususiyatini ozida ifoda etib, jamiyatni tashkil etuvchi elementlar ortasidagi munosabatlarni aks ettiradi. 19-asr da yashagan ijtimoiy fanlar tadqiqotchilari jamiyatni muayyan qonuniyatlar asosida ishlovchi mashina yoxud jonli organizmga taqqoslab organganlar. I.s. nimalardan iborat, degan masalada turli ilmiy qarashlar mavjud. Bazilar bu tushunchani odamlar guruhlarining ozaro umumiy munosabatlari majmui bilan boglasa, boshqalar jamiyatdagi turli ijtimoiy tartibotlarni na-zarda tutganlar. Ayrim sotsiologlar I.s. ga muayyan ijtimoiy voqelikdagi ozgarishlarni tavsiflash imkoniyati sifatida karaydilar. I.s. real ifodala-nuvchi voqelik tarzida emas, u mavhum formula shaklida namoyon boladi. Shuning uchun I.s. ni muayyan shakllarga solib organishga urinish notogridir. Ix. mazmuni ozgarayotgan zamon va makon mohiyatiga muvofiq ravishda moslashib, mutanosiblashib boradi.

Mansur Bekmurodov.

                                     
  • Struktura lot. structure - tuzilish, bog lanish - 1 muayyan narsalarning tuzilishi, qurilishi tarkibiy qismlarning o zaro bog liqligi 2 ob yektning
  • asoslanadi. Ishlab chiqarish. munosabatlarini ustqurmani belgilovchi iqtisodiy struktura jamiyatning bazisi sifatida ajratib ko rsatadi tarixni ijtimoiytarixiy
  • tilning belgilar tizimi ekanligi, tilda shakl hamda vazifa funksiya struktura va substansiya, tilning ichki va tashqi aloqalari, sinxroniya va diaxroniya
  • yoki yozmoq yoxud xaritalamoq - Yerning geografik qobig i, uning struktura va dinamikasi, alohida komponentlarini hududlar bo yicha o zaro ta siri