ⓘ Ijtimoiy tuzum - jamiyatning muayyan taraqqiyot bosqichiga xos bolgan ijtimoiy munosabatlar tizimi. I.t. jamiyatda qanday ijtimoiy munosabatlar amal kilishini a ..

                                     

ⓘ Ijtimoiy tuzum

Ijtimoiy tuzum - jamiyatning muayyan taraqqiyot bosqichiga xos bolgan ijtimoiy munosabatlar tizimi. I.t. jamiyatda qanday ijtimoiy munosabatlar amal kilishini aks ettiradi. Jamiyat odamlar va ular ortasidagi munosabatlardan tashkil topadi. Ularning ozaro munosabatlari, shu jamiyatdagi tartib-qoidalar, mulkka egalik qilish, i.ch. munosabatlari shakli jamiyatning kan-day tuzumda ekanligini korsatadi. Har qanday I.t. asosida iktisodiy munosabatlar yetakchi rol oynaydi. Ijtimoiy munosabatlar va uning boshka shakllari bir-birini toldirib, yaxlit tizimni tashkil etadi. Shorolar tuzumida ijtimoiy mulkning roli haddan tashqari kuchaytirilib, xususiy mulk taqiqga uchradi. Natijada shaxs mulkidan be-gonalashib, oz mulkiga egalik qilish huquqidan mahrum bolib qoldi. Bu holat jamiyatning iktisodiy asosi yemirilib borishiga yol ochdi va oxiroqibatda mazkur totalitar tuzumning ozi yemirildi. Marksistik konsepsiyada I.t. tushunchasi formatsiyalar nuqtai nazaridan talqin etilib, har bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyaga mos keluvchi I.t. qaror topishi hakidagi goya ilgari surilgan. I.t. tushunchasi ota siyosiylashtirilib, u sinfiy kurash nuqtai nazaridan tushuntirilgan. Marksizmda jamiyat tarixida bolib otgan tuzumlarni sinflar paydo bolguncha otgan tuzumlar, sinfiy tuzumlar va sinfsiz tuzumlarga ajratib korsatilgan. Unda sinflargacha davr ibtidoiy tuzum deb atalgan, sinfiy tuzum esa ikkiga ajratib talqin etilgan. Ularning birinchisi - antagonistik sinflar tuzumi: quldorlik, feodal va ka-pitalistik tuzum, ikkinchisi - no-antagonistik sinflar tuzumi - sotsi-alistik tuzum va nihoyat sinfsiz tuzum - kommunizm hisoblangan. Marksistik konsepsiyada sotsializm va kommunizm tuzumlari umumiy nom bilan kommunistik tuzum deb atalgan. Sotsializm kommunistik tuzumning quyi bosqichi, kommunizm esa kommunistik tuzumning oliy boskichi deb hisoblangan. Bunda I.t,larning biridan ikkinchisiga utishi va rivojlanishining asosiy omili sinfiy kurash deb uktirilgan. Bu bilan marksist-mafkurachilar jamiyatni birbiriga qaramaqarshi kuchlarga ajratib tashlagan. Bu kuchlardan bir tomonini ilgor, ikkinchi tomonini esa reaksion kuchlar deb atagan. Shun-day qilib, marksistik mafkura jamiyatning asosini tashkil etuvchi ijtimoiy guruhlarish birbiri bilan kelishmaydigan dushman kuchlar deb elon qilib, ularni bir-biriga qaramaqarshi qoyadi. Shu tariqa marksizmda so-sialistik tuzum, garchi uning ishlab chiqaruvchi kuchlari kapitalistik tu-zumdagi davlatlar singari rivojlanmagan bolsa ham, ijtimoiy taraqqiyotda yuqori pogonada turadi deb takidlanadi. Bu jamiyat taraqqiyotining obyektiv qonuniyatlariga zid xulosa edi. Jamiyatshunoslikda I.t.ga marksistik yondashishdan tashkari etnik, sivilizatsiyaviy, iktisodiy, texnologik, diniy yondashishlar ham mavjuddir. Ularning umumiy jihati mazkur masalani ijtimoiy munosabatlarning muayyan shakliga tayanib aks ettirishi- ijtimoiy himoyadadir. Aslida I.t. tushunchasi jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar qanday rivojlanganligini korsatuvchi tushuncha, xolos. Ijtimoiy munosabatlar qanchalik rivojlangan bolsa, i.ch., texnika va texnologiya ham shunchalik rivojlangan boladi, bu esa, oz navbatida, ijtimoiy taraqqiyotning yuksalish dara-jasini belgilaydi. I.t.ning ravnaqi ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishiga bogliq bolsa, jamiyatning holati undagi ijtimoiy munosabatlar tizimiga bogliqdir. Ijtimoiy munosabatlarning ravnaqi, oz navbatida, ishlab chiqaruvchi kuchlarning, texnika va texnologiyaning rivojlanishiga sabab boladi. Demak, jamiyat taraqqiyoti I.t. taraqqiyoti bilan chambarchas boglangandir.

Hoz. paytda Ozbekistonda bozor iqti-sodiyotiga asoslangan demokratik ijtimoiy munosabatlarni ifodalovchi I.t. qaror topmoqda.

                                     

1. Adabiyot

  • Mustaqillik mafkurasi va Ozbekistonda demokratik jamiyat qurishning ikti-sodiy, ijtimoiy va manaviy negizlari, T., 2001.

Baxtiyor Torayev, Rozimboy Reimboyev.