ⓘ Izomeriya - tarkibi va moleku-lyar massasi bir xil bolib, tuzilishi, fizik hamda kimyoviy xossalari har xil birikmalar mavjudligi. Aso-san, organik birikmalarda ..

                                     

ⓘ Izomeriya

Izomeriya - tarkibi va moleku-lyar massasi bir xil bolib, tuzilishi, fizik hamda kimyoviy xossalari har xil birikmalar mavjudligi. Aso-san, organik birikmalarda uchraydi. Strukturaviy va fazoviy I. farq qilinadi. Strukturaviy I. molekulada atomlarning boglanish tartibi bilan ajralib turadi. Turlari: 1) uglerod skeleta I.si - tarkibi va molekulyar massasi bir xil bolgan molekula skeletini hosil qiluvchi uglerod atomlari orasidagi boglarning turli tartibiga bogliq, mas, pentanning 3 ta izomeri bor: normal pentan, izo-pentan va tetrametilmetan.

Molekulada uglerod atomi soni ortib borgan sayin keyingi kelayotgan har bir uglevodorod uchun izomerlar soni ham ortib boraveradi. Geksan S6N"4 ning 5 ta izomeri malum bolsa, dekan S10N22 ning 25 ta izomeri malum va h.k.; 2) orin I.si - bir xil uglerod skeletida vodorod bilan alma-shinuvchi atomlar, funksional guruhlar yoki qosh boglarning molekulada har xil joylashishi, mas, xlor almashgan propanlar: SN3 - SN2 - SN2S1 va SN3-SNS1-SN3; 1-buten SN3SN2SN = SN2 va 2-buten SN3SN= = SNSN3. Skelet I.si bilan orin I.si bir vaqtning ozida uchrashi ham mumkin; 3) dinamik I tautomeriya - malum sharoitda muvozanatda bolgan bir-biriga oson otadigan ikki yoki undan ortiq izomer shaklning mavjudligi; 4) metameriyada kop valentli atom kislorod, azot va b.ga har xil tarkibli va turlicha tuzilgan radikallar boglangan; mas, S4N|0O oddiy efirining ikkita izomeri malum: SN3 - O - SN2SN2SN3 metilpropil efir, SN3SN2 - O - SN2SN3 dietil efir.

Optik I. molekulalarning asimmetrik joylashuvidan kelib chiqadi qarang Stereokimyo.

Izomerlar kimyoviy tuzilishi har xil bolganidan fizik va kimyoviy xossalari bilan farq qiladi. Oddiy organik birikmalar, toyingan va toyinmagan uglevodorodlarning izomerlari, avvalo fizik xossalari qaynash, su-yuqlanish tralari va b. bilan farq qiladi, funksional guruhari bor murakkabroq organik birikmalarning izomerlari fizik xossalari bilan ham, kimyoviy xossalari bilan ham farq qiladi. Optik izomerlarning kimyoviy xossalari, shuningdek, polyarizatsiyalangan yoruglikni burish xossasidan bo-shqa deyarli hamma fizik xossalari bir xil.

I.ni ilk bor nemis kimyogarlari Yu. Libix va F. Vyoler kuzatgan 1823; bu terminni I. Berselius taklif etgan 1830. Kimyoviy tuzilish nazariyasi hali nomalum izomerlar muvjudligini oldindan bilishga imkon ber-di, buni A. M. Butlerov isbot etdi 1864.

Ad: Slanina 3., Teoreticheskiye aspekti yavleniya izomerii v ximii, per. s chesh., M., 1984; Potapov V. M., Stereoximiya, M "1988.

Qudrat Axmerov.