ⓘ Izotop effektlar - biror elementning izotoplari ortasidagi yoki uning bir izotopi boshqa izotopiga almashinganida modda xossalarini ifodalovchi kattaliklar qiym ..

                                     

ⓘ Izotop effektlar

Izotop effektlar - biror elementning izotoplari ortasidagi yoki uning bir izotopi boshqa izotopiga almashinganida modda xossalarini ifodalovchi kattaliklar qiymatining ozgarishi. Radioaktiv yemirilish vaqtida izotoplar xossalari ning ozgarishi I. e.ga kirmaydi. I. e. izotoplarning turli termodinamik va kinetik xossalariga bogliq, yani izotoplarning ogirligi orasidagi farq qancha katta bolsa, shuncha aniq kuzatiladi. Elementlar davriy sistemasining 2-davridagi yengil elementlar uchun bu farq 35% dan, 3-davridagilar uchun 20% dan, 4-, 5-davridagilar va uchun 15% dan va bulardan ogirroq elementlar uchun 10% dan oshmaydi.

Izotoplar ogirliklarining har xil bolishi spektral chiziklarning siljishiga, izotop birikmalarining zichligi, yoruglik sindirish korsatkichi, diffuziya koeffitsiyenta, ionlar solishtirma zaryadlarining ozgarishiga sabab boladi. I. e. elementlarda issiqlik sigimi, issiklik otkazuvchanlik, erish va buglanish temperaturasi, toyingan buglarning elastikligi kabi termodinamik xossalarni yuzaga keltiradi. Yadro reaksiyalarida elementlar boshqa elementlarga aylanganida ham I. e. kuzatiladi. I. e. izotoplar xossalaridagi farqqa kora, izotoplarni bir-biridan ajratish va izotop aralashmalarda ular miqdorini aniqlash imkonini beradi.