ⓘ Ikki taktli dvigatel - ish sikli porshenning ikki yurishida, yani tirsakli valning bir marta aylanishida bajariladigan ichki yo’nuv dvigateli. Yonuvchi aralashm ..

                                     

ⓘ Ikki taktli dvigatel

Ikki taktli dvigatel - ish sikli porshenning ikki yurishida, yani tirsakli valning bir marta aylanishida bajariladigan ichki yo’nuv dvigateli. Yonuvchi aralashmaning tayyorlanishiga qarab, karbyuratorli va dizel xillarga bolinadi. Karbyuratorli I. t. d.da yonuvchi aralashma kri-voshipli kameraga sorilib, songra silindrga haydaladi, dizel dvigatellarda esa silindrga yonilgi maxsus haydash nasoslari yordamida kiritiladi. Silindrlarda ish bajargan gaz klapanlar va alohida tuynuklar orqali chiqarib yuboriladi.

Rasmda yonuvchi aralashma krivoshipli kamera orqali haydaladigan karbyuratorli dvigatelning tuzilishi va ishlashi kursatilgan. Porshen pastki chek-ka nuqta p.ch.n. dan yukrrigi chekka nuqta yu.ch.n. ga harakatlanganda, da-stlab, haydash tuynugini, songra chiqarish tuynugini berkitib, ish aralashmasini qisadi rasm, a. Bu vaqtda karterda siyraklanish hosil bolib, karbyuratordagi yonuvchi aralashma sorish tuynugi orqali karterga kiradi. Bunda qisish va sorish takti bajariladi. Porshen yu.ch.n.ga yaqinlashganda elektr uchkuni ish aralashmasini yondiradi rasm, b. Aralashma yonishi natijasida hosil bolgan yuqori bosimli gazlar porshenni pastga itaradi. Porshenning harakati shatun rasm, v orqali tirsakli valga uzatiladi. Porshen p.ch.n.ga yaqinlashganda chiqarish tuynugi ochilib, silindr ichidagi gazlar atmosferaga chiqib ketadi. Bunda ish yoli va chikarish takti bajariladi. Porshen pastga harakat qilib, karter boshligidagi yonuvchi aralashmani qisadi va haydash tuynugini ochadi. Yonuvchi aralashma haydash tuynugi orqali silindrga kiradi va undagi ish bajargan gazlarni chiqarib, silindr boshligini toldiradi. Nazariy jihatdan I. t. d. tort taktli dviga-telga qaraganda ikki marta kop quvvat berishi kerak; biroq bazi sabablar gaz almashinuvining takomillashmagani, porshen ish yolining bir qismi yoqolishi va b.ga kora uning quv-vatidan 70% gacha foydalaniladi. I. t. d.lar, asosan, mototsikllar, motorli qayiqlar, avtomobillar, traktorlar va b.da ishlatiladi.

                                     
  • To rt taktli dvigatel - ish sikli porshennnig to rt yurishida, ya ni tirsakli valning ikki marta aylanishida bajariladigan ichki yonuv dvigateli. Yonuvchi
  • porshenli ichki yonuv dvigateli. Ish ja - rayoni bo yicha ikki taktli dvigatel va to rt taktli dvigatellarga, yonilg ining alangalanishi bo yicha uchqundan
  • mukammal 4 taktli Ichki yonish dvigateli yasagan. Rossiyada 1880 - yillarda O. S. Kostovich benzin bilan ishlaydigan karbyuratorli dvigatel yasadi. R. Dizel