ⓘ Ilmi ramal - folbinlik, astrologiyaning bir turi. Sharq mamlakatlari, xususan, Orta Osiyo, Eron, Hindiston, Arabiston xalqlarida keng tarqalgan edi. Kishilarnin ..

                                     

ⓘ Ilmi ramal

Ilmi ramal - folbinlik, astrologiyaning bir turi. Sharq mamlakatlari, xususan, Orta Osiyo, Eron, Hindiston, Arabiston xalqlarida keng tarqalgan edi. Kishilarning tabiat va jamiyat hodisalarini, kelajakni oldindan bilishga intilishi natijasida kelajakni kora bilishning ilmiy va gay-riilmiy korinishlari paydo boldi. Kishilar olam haqidagi tasavvur va tu-shunchalari ibtidoiy bolgan davrlarda yulduzlar harakati va holati, osmondagi sirli hodisalar - sayyoralar, Oy, Quyoshlarning harakatlari, Quyosh va Oylarning tutilishi, daryolarning toshishi, soyilgan molning ichakchavoqlari holatiga qarab, tomir ushlab yoki yerga tosh-danaklar sochib rom ochganlar. Podsholar safarga otlanishdan oldin yoki biror muhim ishni boshlashdan oldin saroydagi maxsus rammol larga murojaat qilganlar. Romchilarning fikrlariga qarab, biror qarorga kelganlar. I.r. gayriilmiy bolib, hozirgi zamon fani uni qatiy rad etadi. Ilmiy bashoratning I. r. bilan hech qanday aloqasi yoq.