ⓘ Improvizatsiya - sher, musiqa va b.ni oldindan tayyorgarliksiz, ijro davomida ijod etish; aktyor oyinida bexosdan paydo boladigan ilhom, ijodiy fantaziya, ruhiy ..

                                     

ⓘ Improvizatsiya

Improvizatsiya - sher, musiqa va b.ni oldindan tayyorgarliksiz, ijro davomida ijod etish; aktyor oyinida bexosdan paydo boladigan ilhom, ijodiy fantaziya, ruhiy kotarinkilik, fikr, soz, ohang va tasvirning erkinligi. Aktyor oyinidagi I. ijro etilayotgan rolni jonlantiradi, unga yangi mano beradi. Qad. xalq teatri aktyorlari - skomoroxlar, mimlar, bizda masharaboz va qiziqchilar, ay-niqsa, italyan xalq komediya teatri aktyorlarining oyinida I. asosiy orin egallagan. Ozbek aktyorlaridan Hoji Siddiq Mslomov, Soyib Xojayev, Gani Azamov kabi aktyorlar ijodida I. muhim rol oynagan.

Musiqada I.ning ikki asosiy turi mavjud. Ananaviy ogzaki ananadagi musiqada, shu jumladan, ozbek musiqa merosida muayyan kuyni I. tar-zida talqin etish - musika ijrosining asosiy shakllaridan biri hisoblanadi. Bunda sozanda yoki xonanda turli musika bezak melizmlaridan mohirona foydalanadi, yangi ohang ibo-ra va jumlalarini ustalik bilan kiri-tadi, avj yoki jor ovozlarni ozgartirish kabi usullardan foydalanadi. Ikkinchi turi - I. uslubida yangi musika asari ii yaratishdir. Kompozitorlik ijodida I. shakllari 16 - 17-asrlarda rivoj topib, ayniqsa 19-asrda belkanto sanatida, virtuoz musiqasida uz choqqisiga kotarilgan. Jaz musiqasida I. asosiy orin tutadi. Ozbek sozandalaridan A. Abdurashidov, A. Ismo-ilov, Q. Dadayev va b. I.dan mohirona foydalanishadi.