ⓘ Ingichka volfram koni -kattaqorgon sh.dan jan.sharqsa Zirabuloq toglarida joylashgan kon. 1941 y. A. M. Yengalichev topgan, Ingichkasoy nomi bilan atalgan. Kon ..

                                     

ⓘ Ingichka volfram koni

Ingichka volfram koni -kattaqorgon sh.dan jan.sharqsa Zirabuloq toglarida joylashgan kon. 1941 y. A. M. Yengalichev topgan, Ingichkasoy nomi bilan atalgan. Kon 1943 y. ishga tushirilgan. I. v. k.ning istikbolini aniqlash va razvedka qilishda H. M. Abdullayev, A. V. Korolev, N. V. Litsenmayer, I. H. Hamroboyev, N. D. Ushakovlar qatnashgan.

I. v. k. geologik tuzilishida yuqori karbon - quyi perm davri otqindi va yuqori silur davri metamorfik jinslari ishtirok etgan. Otqindi jinslar biotitli granodiorit, granit va lamprofir, aplit daykalari, pegmatitlardan iborat. Chokindi metamorfik jinslar marmarlashgan ohaqtosh, slyudali slanetslar va turli tarkibli rogoviklardan tuzilgan. I. v. k.dagi volfram rudasi sheyelit yuqori silur davri marmarlarining granodiorit va granitlar bilan tutashgan joylarida hosil bolgan. Sheyelit 2 - 3 sm kattalikdagi kristall va bazan yertomirchalar holida uchraydi. Sheyelitdan tashqari konda pirrotin, pirit, xalkopirit, kassiterit, molibdenit va b. minerallar ham bor. Volframli skarnlarning kalinligi 5 - 10 sm dan 15 - 20 m gacha, uz. 100 - 600 m, bazan 1.5 - 2 km gacha, chuq. 800 m. Volfram rudasi massasining 90% qatlamsimon skarnlarda, 10% chasi skarnli tomirlarda va alyaskitlarda, qolgan 1% chasi chokindi jinslarining qatlamlari orasida joylashgan. I. v. k.tufayli Ingichka shaharchasi barpo etilgan.

                                     
  • tomirchalar shaklida bo lib, tarkibida volfram qo rg oshin, rux, galliy elementlari bor. Kassiterit xolxol ko rinishda, ingichka tomirchalar va alohida donalar
  • qo rg oshin, rux, volfram molibden, simob va boshqalar konlari, Qoramozor misqo rg oshinrux koni Obirahmat, Burchmulla, Oqtuz, Takob, Ingichka Qo ytosh