ⓘ Induksion pech - metallarni suyultirish uchun moljallangan elektrotermik qurilma. Asosan, tigelli va kanalli I. p.lar qollanadi. Tigelli I. p. mis naychalardan ..

                                     

ⓘ Induksion pech

Induksion pech - metallarni suyultirish uchun moljallangan elektrotermik qurilma. Asosan, tigelli va kanalli I. p.lar qollanadi.

Tigelli I. p. mis naychalardan qilingan solenoiddan iborat bolgan induktor va tigeldan tashkil topadi. Ochiq, vakuumli, gaz toldirilgan va kompression xillari bor. Suyultiriladigan materialga qarab, tigel keramik materiallar, grafit, polat va h. k. dan tayyorlanadi. Hajmi bir necha kg dan bir necha t gacha. Pech past, orta va yuqori chastotali tok bilan ishlaydi. Tigelli I. p. da polat, choyan, mis, alyuminiy, magniy va qimmatbaho metallar suyultiriladi.

Kanalli I. p. ning asosiy qis-mlari: eritish vannasi, magnit ozak, induktor, tub toshi. Bunday I. p. da elektr utkazuvchi modda bilan tuldirib turiladigan kanalda elektromagnit energiya issiqlik energiyasiga aylanadi. Unda rangli metallar va ularning qotishmalari, choyan suyultiriladi. Hajmi bir necha yuz kg dan bir necha t gacha. Kanalli I. p. sanoat chastotasidagi tok bilan ishlaydi. I. p. larda induksion qizdirish, yani uzga-ruvchan elektromagnit maydon tasirida vujudga keladigan elektr toki bilan qizdirish usulidan foydalaniladi.