ⓘ Inkubator - parrandalar tuxumidan joja ochirish apparati. Tu-zilishi murakkab bolib, issiklik va namlikni boshqaradigan asboblar va tuxumlarni aylantirib turadi ..

                                     

ⓘ Inkubator

Inkubator - parrandalar tuxumidan joja ochirish apparati. Tu-zilishi murakkab bolib, issiklik va namlikni boshqaradigan asboblar va tuxumlarni aylantirib turadigan mos-lamalar bilan uskunalangan. I.da qoyilgan sifatli tuxumdan 80 - 85% joja ochib chiqarish mumkin. Yilning hamma faslida I.lar qoyilgan xonalarda havo harorati 27° dan ortiq bolmasligi lozim. Uning seksiyali, xonachali, javonli xillari bor. Xonadonlarda ishlatiladigan oddiy I.lar 60 - 120 dona va undan kop, parrandachilik f-kalarida qollaniladigan I.lar 55 ming gacha va undan ortiq tuxumga moljallangan. Bularda, asosan, tovuq, kurka va sesarka tuxumlaridan joja ochiriladi. I.ga 3 - 4 kunda bir xildagi tuxumlar joylab turiladi, tuxumlar inkubatsiya kamerasida 19 kun turadi, keyin joja ochib chiqishi uchun maxsus joja chiqarish ka-merasi ga olinadi. I.da harorat elektr isitkichlar yordamida boshqarib turiladi. Havo namligini bir meyorda saklash uchun kameraning orqa devoriga sovitish sistemasi orna-tilgan. Har qaysi kameraning shamollatish tizimi bor. I.lar Yevropa va AQShda 19-asrda paydo boldi. Ozbekistonda 20-asrning 30-y.lari bo-shidan dastlabki parrandachilik inkubator stansiyalarida Rossiyada ishlab chiqarilgan I.lardan foydalanilgan.

Sayfiddin Azimov.