ⓘ Intonatsiya, musiqa. Intonatsiya - 1 ozaro boglangan bir necha manoni anglatuvchi nazariy-estetik tushuncha, ohang, kuy manbai. Keng manoda - badiiy obrazni mus ..

                                     

ⓘ Intonatsiya (musiqa)

Intonatsiya - 1) ozaro boglangan bir necha manoni anglatuvchi nazariy-estetik tushuncha, ohang, kuy manbai. Keng manoda - badiiy obrazni musiqa tovushlari yordamida ifodalash. Musiqadagi I. balandlik jihatdan belgilanishi va malum lad tizimiga asoslanishi bilan nutq I.sidan farq qiladi. Musiqaviy I. milliylik xususiyatiga ega. Bazan yirik tarixiy ozgarish lar shu davr musiqa I.sida burilish yasaydi. Tor manoda - kuyning bir necha tovushdan iborat ifodali parchasi, ohang bolagi. Musiqaviy I. antik davr, orta asrlar da va Uygonish davrida organila boshlangan. Fransuz marifatparvarlari va ularning izdoshlari, 19-asr dan boshlab rus kompozitor va musika tanqidchilari bu sohaga muhim hissa qoshgan. 20-asrda musiqa I.sining asosiy masalalari boyicha musiqashunos akad. B. Asafyev mukammal talimot yaratgan; 2) sozlarda, ayniqsa, nay, surnay, gijjak kabi pardasiz turlarida kuy chalishda, shuningdek, ashula aytishda tovushlarni baland-pastlik jihatidan aniq ijro etish sof I.lashga kiradi.