ⓘ Informatsiya - 1 odamlar bir-biriga ogzaki, yozma yoki boshqa usulda beradigan axborot, shuningdek, axborot berish va olish jarayoni; 2 fan va texnikadagi tushu ..

                                     

ⓘ Informatsiya

Informatsiya - 1) odamlar bir-biriga ogzaki, yozma yoki boshqa usulda beradigan axborot, shuningdek, axborot berish va olish jarayoni; 2) fan va texnikadagi tushuncha. Bu tushuncha faqat odamlar orasidagi axborotni emas, balki odam bilan avtomat, avtomat bilan avtomat ortasidagi axborotni, hayvonlarda va osimliklar ortasidagi signallar almashinuvini ham oz ichiga oladi. 20-asr ortalaridan toqimadan toqimaga, orga-nizmdan organizmga irsiy va b. alomatlar otishi ham I. uzatish deb karala boshladi. Genetik I., biologik kibernetika tushunchalari shu tariqa vujudga keldi. I. ning miqdor olchovi taklif qilindi, natijada informatsiya nazariyasi paydo boldi.

I. tushunchasiga atroflicha yondashish va aniq miqsor olchovi paydo bolishi I. ni organishga katta qiziqish uygotdi. 50-y. lardan boshlab, turli hodisa va jarayonlarni tavsiflashda I. tushunchasidan foydalanishga harakat qilinmoqda. Jumladan, I. ning asosiy xos-salarini ifodalaydigan matematik apparatni ishlab chiqish, mavjud matematik vositalar asosida I. ning turli xossalarini organish, uning metodlaridan lingvistika, biol., psixologiya, sotsiologiya, ped. va b. sohalarda foydalanish ustida tadkiqotlar olib borilmoqda.

Ijtimoiy-siyosiy I. - ichki va xalqaro hayotdagi dolzarb yangiliklar, jamiyat hayotidagi ommaga taalluqli faktlar, hodisalar, siyosiy, iqti-sodiy, ilmiy, madaniy jarayonlar va b. haqida ommaviy kommunikatsiyalar vo-sitasida tarqatiladigan xabarlar maj-mui. Jurnalistikada operativ I. publitsistika janrlari - xronika, xabar, reportaj, hisobot, intervyu, obzor orqali tarqatiladi.

Demokratik jamiyatda I. ga rostgoylik, hayotiy faktlarni aniq bayon etish, ijtimoiy hayotdagi voqea va jarayonlarni xolis taxlil etish va sharhlash talabi qoyiladi.