ⓘ Itterbiy, Yb - mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element, lantanoidlarga kiradi. Tartib rakami 70, atom massasi 173.04. Tabiiy Itterbi ..

                                     

ⓘ Itterbiy

Itterbiy, Yb - mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element, lantanoidlarga kiradi. Tartib rakami 70, atom massasi 173.04. Tabiiy Itterbiy 7 ta barqaror izotopdan tashkil topgan. 168Yb, 17°Yb, 171Yb, 172Yb, mYb, 174Yb va 176Yb. Birikmalarda 2.3 valentli, atom radiusi 0.193 nm, ion radiusi Yb3+ 0.101 nm, 0.107 nm, 0.113 nm, 0.118 nm, Yb2+ 0.116 nm, 0.122 nm, 0.128 nm. 1978 yilda shved kimyogari Itterbiy Marinyak Shvetsiyaning Itterbyu qishlogida tarkibida Itterbiy bolgan element topganligi uchun bu yangi elementga Itterbiy nomi berilgan. Itterbiy - siyrak element, yer postidagi miqdori massa jihatidan 3.3-10~5%, dengiz suvlarida esa 5.2-10~7 mg/l ni tashkil etadi. Nodir elementlar bilan birgalikda bastnezit, monatsit, fergyusonit, ksenotim, gadolinit va b. minerallar tarkibida uchraydi. Itterbiy - oqish kulrang metall. Zichligi 7.02 g/sm3. Suyuqlanish temperaturasi 824°, qaynash tempaturasi 1211°, Brinell boyicha kattikligi 343 MPa. Havo tasirida sekin, 400° da tez oksidlanib, oksid va karbonat aralashmasini hosil qiladi. Mineral kislotalar bilan xona temperaturasida reaksiyaga kirishadi. Issiq suvda havo tasirida sekin oksidlanadi. Qizdirilganda galogenlar bilan birikadi. Itterbiy -oksid Yb2O3 - kub pan-jarali rangsiz kristall modda. Zichligi 9.213 g/sm3 5000 MPa bosim ostida 823 K da monoklin modifikatsiyagaotadi. Zichligi 10.00 g/sm3. Itterbiyning oksalat, nitrat va b. tuzlarini 800 - 1000° da parchalab olinadi. Maxsus keramik mahsulotlar, lyuminoforlar olishda qollaniladi. Itterbiy boshqa nodir elementlar bilan aralashmada polat uchun kaytaruvchi va modifikator sifatida ishlatiladi.