ⓘ Itqonoq - boshoqdoshlarga mansub bir yillik va kop yillik ot osimliklar turkumi, begona ot. Aksariyat tropik va subtropiklarda tarqalgan. 120 dan ortiq turi bor ..

                                     

ⓘ Itqonoq

Itqonoq - boshoqdoshlarga mansub bir yillik va kop yillik ot osimliklar turkumi, begona ot. Aksariyat tropik va subtropiklarda tarqalgan. 120 dan ortiq turi bor. Bittabitta yoki bir nechtasi top bolib osuvchi silliq poyasi 20 - 80 sm, faqat topguliga yaqin joyigina gidirish. Barglari nashtarsimon, usti va chetlari gadir-budir, barg asosi uzun tuklar bilan qoplangan. Topguli boshoqsimon, iyul - sent. oylarida gullab, meva beradi. Uruglari sent. oxirida pishadi.

Bir osimlik 5 - 10 mingtagacha urug beradi. Uruglari kelgusi yili bahorda una boshlaydi. I.ning ildiz siste-masi juda kuchli rivojlanib, 1.5 m gacha chuqurlikka osib kiradi; juda kop popuksimon ildizlari va ildiz tuklari tuproqni chim kabi qamrab oladi hamda namligini keskin kamaytiradi. Ayniqsa, sugoriladigan dalalarda yaxshi rivojlanib, kop ekinlarga za-rar keltiradi. Paxta, makkajoxori, sabzavot va b. ekin dalalarida aksariyat oq S. glauca va kok I. S. viridis turlari uchraydi. Ikkala tur I. ham bir yillik bolib, tashqi korinishidan bir-biriga oxshaydi. Maysaligida orib olinsa, mollarga yaxshi ozuqa boladi. Kurash choralari: ekin qator oralaridagi I. kultivatsiya qilinib, egat ustidagilari gerbitsid sepib yoqotiladi; ekin ekishdan avval baronalashga qadar yoki ekish vaqtida yerga treflan yoki prometrin, kotofor singari gerbitsidlar solinadi.