ⓘ Itsenko-Kushing kasalligi. Itsenko - KUSHING KASALLIGI - gipofiza adrenokortikotrop gormon ning kop ishlanishi oqibatida kelib chikddigan kasallik. AKTGning kop ..

                                     

ⓘ Itsenko-Kushing kasalligi

Itsenko - KUSHING KASALLIGI - gipofiza" adrenokortikotrop gormon ning kop ishlanishi oqibatida kelib chikddigan kasallik. AKTGning kop ishlab chiqarilishiga gipofiz mikroadenomasi sabab bolishi mumkin. Bunda buyrak usti bezlarining funksiyasi kuchayadi, bemorni yog bosadi, qon bosimi kotariladi, ayollarda girsutizm kuzatiladi, qandli diabet roy beradi, jinsiy bezlar funksiyasi susayadi, teri quruq boladi va h.k.

Davosi: gipofiz sohasi rentgen yoki proton nuri bilan nurlantiriladi, qon bosimini tushiradigan, diabetga karshi, buyrak usti bezlari funksiya-sini tormozlaydigan preparatlar bu-yuriladi. Operatsiya qilib, buyrak usti bezlari yoki gipofiz qisman yoki bu-tunlay olib tashlanadi, song shu bezlar gormonlari beriladi.