ⓘ Ishga tiklash - mexnat shartno-masi gayriqonuniy ravishda bekor qilingan yoki xodim konunga xilof tarzda boshqa ishga otkazilgan hollarda uning avvalgi ishga ti ..

                                     

ⓘ Ishga tiklash

Ishga tiklash - mexnat shartno-masi gayriqonuniy ravishda bekor qilingan yoki xodim konunga xilof tarzda boshqa ishga otkazilgan hollarda uning avvalgi ishga tiklanishi. Xodim ish beruvchining ozi, sud yoki boshqa vakolatli organ tomonidan ishga tiklanadi. Bunda ish beruvchi xodimga yetkazilgan zararni qoplashga majburdir. Zararni qoplash: xodimga majbu-ran progul qilgan vaqti uchun ish beruvchi haq tolashi shart ekanligidan; mehnat shartnomasi bekor etilganligi, yani xodim ishdan boshatilganligi yoki boshqa ishga otkazilganligi ustidan shikoyat qilish bilan bogliq qoshimcha harajatlar uchun hamda xodim korgan manaviy zarar uchun kompensatsiya tolashdan iborat. Manaviy zarar uchun tulanadigan kompensatsiya miqdori ish beruvchining xatti-harakatiga berilgan bahoni hisobga olgan holda, sud tomonidan belgilanadi, lekin bu miqdor xodimning oylik ish haqidan kam bolmasligi shart. Shuningdek, konunga xilof ravishda mehnat shartnomasi bekor etilgani yoki boshqa ishga otkazilgani tufayli progul qilishga majbur bolgan vaqt uchun xodimga ortacha ish haqi yoxud kam haq tolanadigan ishni bajargani uchun ish haqi ortasidagi farq tolanadi, lekin majburiy progul muddati bir yildan osh-masligi kerak. Xodimning iltimosiga kora, sud uni I.t. orniga majburan progul qilgan vaqti uchun ish haqi, manaviy zarar, ishdan boshatish yoki boshqa ishga otkazish yuzasidan sudga shikoyat qilish bilan bogliq harajat pulidan tashqari, kamida 3 oylik ish haqi miqdorida qoshimcha qaq undirib berishi mumkin ; xodim qonunsiz asoslarga muvofiq yoki belgilangan tartib buzilgan holda ishdan bosha-tilib, korxona, muassasa, tashkilotning tugatilganligi tufayli uni ishga tiklab bolmaydigan hollar bazan yuzaga keladi. Bu holda sud ishdan boshatishni notogri deb topib, xodimning davosi boyicha mazkur korxona, muassasa va tashkilotni tugatish komissi-yasiga yoki ularni tugatish haqida qaror qabul qilgan organ ga, zarur hollarda esa korxonaning huquqiy vorisiga murojaat etib, ular zimmasiga bir yilga qadar davom etgan majburiy progul vaqti uchun xodimga ish haqi tolash majburiyatini yuklaydi. Ayni vaqtda sud korxona, muassasa, tashkilot tugatilganligi munosabati bilan xodimni ishdan boshatilgan, deb topadi va u qoshimcha yordam olish kafolatidan foydalanadi. Umuman, xodim I.t. boyicha davo bilan uni ishdan boshatish haqidagi buyruqdan kochirma berilgan vaqtdan boshlab bir oy ichida sudga shikoyat qilishi mumkin.