ⓘ Ishlab chiqarish munosabatlari - keng manoda ijtimoiy i.ch. jarayonida kishilar ortasida bajaradigan vazifalariga bogliq holda shakllanadigan munosabatlar ; tor ..

                                     

ⓘ Ishlab chiqarish munosabatlari

Ishlab chiqarish munosabatlari - keng manoda ijtimoiy i.ch. jarayonida kishilar ortasida bajaradigan vazifalariga bogliq holda shakllanadigan munosabatlar ; tor manoda kishilar ortasida moddiy boyliklarni i.ch., ayirboshlash, taqsimot va istemol jarayonida yuzaga keladigan iktisodiy munosabatlar. I.ch.m. kishilar ortasidagi iktisodiy munosabatlarning barcha shakllarini qamrab oladi. Barcha i.ch., iktisodiy munosabatlar ichida i.ch. vositalariga bolgan munosabat, mulkchilik shakllari hal qiluvchi rol oynaydi. Ayrim iqtisodiy nazariyalar, mas, marksistik siyosiy iqtisodda I.ch.m. mulkchilik munosabatlarini ifodalaydigan va ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishi darajasi bilan belgilanadigan, jamiyatda siyosat, mafkura, din, axloq va b.larning bazasini tashkil qiladigan munosabatlar tarzida talqin qilinadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida i.ch. vositalari egalari bilan yollanib ishlovchi xodimlar ortasidagi munosabatlar mehnat shartnomalari asosida shakllanadi. I.ch.m.ning u yoki bu tarixiy konkret shakllari ishlab chikaruvchi kuchlarning taraqqiyot darajasi, ki-shining tabiat ustidan hukmronlik darajasi bilan belgilanadi. Oz navbatida, I.ch.m. ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyo-tiga tasir korsatadi, uni tezlashtiradi yoki sekinlashtiradi qarang Iqtisodiy tizim.