ⓘ Ishtaha - organizmning ovqatga bolgan yoqimli ehtiyoj sezgisi, shuningdek, unga kiradigan oziq moddalar miqdorini belgilaydigan fiziologik mexanizm. I. paydo bo ..

                                     

ⓘ Ishtaha

Ishtaha - organizmning ovqatga bolgan yoqimli ehtiyoj sezgisi, shuningdek, unga kiradigan oziq moddalar miqdorini belgilaydigan fiziologik mexanizm. I. paydo bolishi bosh miyaning ovqat markazi faoliyati bilan uzviy bogliq. I. ning ochilishida shartsiz va shartli reflekslar muhim rol oynaydi. I. markaziy nerv sistemasi malum bolimlarining qozgalishi natijasida yuzaga keladi va bunda solak, hazm shirasi ajraladi, meda-ichak yoli peristaltikasi kuchayadi, natijada hazm azolari ovqat qabul qilishga tayyor turadi. Mazali qilib pishirilgan taom, uning chiroyli korinishi va xushboyligi, dasturxonga bezab tortilishi I. ni ochadi. Aksincha, taomning korinishi yoki hidi xunukroq bolsa, I. bogiladi.

Ovqatni har doim muayyan soatlarda istemol qilish, uning sifati va miqdori I. normal bolishi uchun ahamiyatli. Ovqatlanish rejimining buzilishi I. aynishiga olib keladi va u turli kasalliklarga sabab bolishi mumkin. I. ning 3 xil ozgarishi: susayishi, hatto yoqolishi anoreksiya, kuchayishi bulimiya va buzilishi paroreksiya kuzatiladi. Har qanday holatda ham vrachga murojaat etish va uning tavsiyalariga amal qilish kerak.