ⓘ Iqlimga moslashish, iqlimlashtirish - organizmlarning yangi hayot sharoitiga moslanishi va rivojlanishning barcha bosqichlarini otab, yashovchan avlod berishi. ..

                                     

ⓘ Iqlimga moslashish

Iqlimga moslashish, iqlimlashtirish - organizmlarning yangi hayot sharoitiga moslanishi va rivojlanishning barcha bosqichlarini otab, yashovchan avlod berishi. I.m. deganda organizmning faqat boshqa iqlim sharoitiga emas, balki yangi biotsenozta moslashishi ham tushuniladi. I.m. 2 yol bilan boradi: 1) organizmlarda moddalar almashinuvining ozgarishi, bun-day ozgarish avlodga otmaydi va organizmdagi reaksiya nor-masi bilan cheklanadi. Modifikatsiyada populyasiya yoki turning genetik strukturasi ozgarmaydi; 2) turning genetik strukturasi ozgarishi. Turning genetik strukturasini belgilovchi va I.m.ga sababchi omil tabiiy tanlanishdmr. Organizmlar yangi hudud yoki joyga kochirilganda yoki yashash sharoiti ozgarganda I.m. yuz beradi. Bunday hollarda bazi organizmlar boshqa joyga otadi yoki nobud boladi, boshqalari esa yangi sharoitga moslashadi, yani iqlimlashadi. I.m. odamga ham xos. Odamlar ilgari ozlari yashagan joylaridan mutlaqo boshqa hududlarga kochib otib, unga faol ravishda moslashadilar, yani adaptatsiya yuz beradi.

Osimliklarda I.m. Yangi sharoitda normal rivojlanib, hayotchan nasl qoldiradigan osimliklarni iqlimlashgan deb hisoblash mumkin. I.m.ga oid nazariya va amaliyotning rivojlanishida Ch. Darvin, I. V. Michurin va N. I. Vavilovparnit ilmiy asarlari muhim ahamiyatga ega.

I.m. hamma vaqt osimliklarning yashash areapinn kengaytiradi. Osimliklarni iqlimlashtirish xalq xojaligining muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Osimliklarning I.m.da iqlim omillari, tuproq tiplari va uning mikroflorasi, shuningdek, osimlikning oz xususiyatlari asosiy orinda turadi. Osimliklarning I.m.da geografik va sistematik uzok, shakllarni duragaylash, yovvoyi turlar bilan chatishtirish, takroriy avlodlarni ostirishdan foydalaniladi. Shuningdek, chidamli payvandtaglarga ulash, sugorish va ogitlar solish, osishni boshqaruvchi moddalardan foydalanish qollaniladi.

Qishloq xojaligida I.m. biron bir ekinni ilgari osmagan yangi hududlarga kochirish bilan bogliq. Mac, dehqonchilik amaliyotida galla ekinlarini iqlimlashtirish ming yillardan beridavom etib keladi. I.m. tufayli gilos, orik, tok, choy, sitrus mevalar, evkalipt, bambuk va b. yangi mintaqalarda ekiladigan boldi. Yoki goza yangi sharoitlar va kishilarning ehtiyojiga moslashtirilishi tufayli ozgacha iqlim sharoitiga ega bolgan r-nlarga tarqalgan. Gozani madaniylashtirish va ularni dastlabki tarqalgan arealidan tropiklarning yuqori togli zonalari hamda shim. kengliklarga tarqalishida evolyusiyaning asosiy yonalishi gozaning hayot siklini qisqartirish va uning tezpishar turlarini ajratib olishdan iborat bolgan. Dunyo boyicha goza ekiladigan mintaqa 44° shim. kenglikdan Ozbekiston 35° jan. kenglikkacha Avstraliya joylashgan. Orta Osiyoning goza mintaqasi dunyo boyicha eng shim. hisoblanib, u 37° bilan 44° shim. kenglik oraligida joylashgan u hatto 1957 y.da 47° kenglikkacha borgan.

I.m.jarayoni osimliklar seleksiyasida, ayniqsa, boshqa mintaqalardan keltirilgan formalardan dastlabki material sifatida foydalanilganda katta rol oynaydi. Osimliklarni introduksiya qilish va iqlimlashtirish boyicha botanika boglari va introduksiya parvarishxonalari katta ishlar olib boradi.

Hayvonlarda I.m.da yashash muhitining iqlim sharoitlaridan tashqari ozuqa, mavsumiy yashash makoni boyicha raqobatning borligi, shuningdek, yirtqichlar va kasallik qozgatuvchilar kabi omillar muhim orinda turadi. Odatda, yangi muxitda jiddiy ra-qobatchilari bolmagan turlar tez kopayadi. Ozbekistonda ondatra, amerika kora kuzani norka, Xitoydan keltirilgan dong peshona, oq amur, targil dong peshona kabi baliq turlari muvaffa-qiyatli iqlimlashtirildi.

Xonakilashtirishning uzoq va mu-rakkab jarayonidan otgan uy hayvonlarining I.m.da tabiiy omillardan tashqari xojalik omillari muhim orinda turadi. Ozbekistonda shvits, simmental Shveysariya, golland Gollandiya qoramol zotlari, angor echkisi AQSH, Texas, Sharqiy Yevropa, Afrika JARda qorakol qoy zotlari muvaffaqiyatli iqlimlashtirilgan. Boshqa joylardan keltirib, iqlimlashtirilgan hayvonlar zotlarini mahalliy jaydari kramol zotlari bilan chatishtirib, yuqori mahsuldor qizil chol, qora-ola zotlarining Ozbekiston tiplari, serjun Ozbekiston echki zoti yaratildi.

Hasharotlarda I. m. dastlabki tarqalgan areali chegarasidagi sharoitlar ozgarganda kuzatiladi va tabiiy yoki suniy yol bilan kechadi. Hasharotlarning I.m. iqlimlashgan hasharotlarning yoppasiga kopayishi bilan birga borishi mumkin. Ozbekistonga tasodifan kelib qolgan va mahalliy sharo-itda iqlimlashgan, hozirgi kunda gozaga va b. ekinlarga juda katta zarar keltirayotgan hasharotlar jumlasiga qonli bit Eriosoma lanigerum Haus., komstok qurt Pseudococcus comstocki Kuw., kaliforniya qalqondori Diaspidiotus perniosus Comst. va b. kiradi.

Ozbekistonda q.x. zararkunandalarining tabiiy kushandalari bolgan foydali hasharotlar va kanalar entomofaglar va akarifaglarshh introduksiyalash hamda iqlimlashtirishga jiddiy ahamiyat beriladi. Ana shu maqsadda malum tur, odatda, bir turga oid hasharot hisobiga yashaydigan entomofag va akarifaglardan zararkunanda hasharotlarning sonini tartibga solib turishda foydalanish yaxshi natija beradi.

Ozbekistonda qonli bitga qarshi kurashishda foydali hasharotlardan biri bolgan va respublikaga 1931 y.da keltirilgan afelinus Aphelinus mali Hald., komstok chervetsiga qarshi 1947 y.da keltirilgan psedafikus Pseu-dophycus malinus Gah. har tomonlama organilgan, mahalliy sharoitga iqlimlashtirilgan va ular muvaffaqi-yatli qollanilmoqda. Qozogistonda esa mevali daraxtlarda shiraning mahalliy turlariga qarshi kurashda Uzoq Sharq harmoniyasidan, terak parvona-siga qarshi kurashda Uzoq Sharqdan keltirilgan yirtqich mirabilis qon-gizi Aiolocaria mirabilisfl aH foydalanilmoqda.

                                     

1. Adabiyot

  • Konstantinov N. N., Morfologo-fiziologicheskiye osnovi ontogeneza i filogeneza xlopchatnika, M.; 1967; Bondare n ko N. V., Biologicheskaya zashita rasteniy, L., 1978; Belolipov I. V., Introduksiya travyanistix rasteniy prirodnoy flori Sredney Azii, T., 1989.

Fayzulla Hojiyev, Zohid Odilov, Sulton Alimuhamedov.