ⓘ Iqtisodiy integratsiya – turli korxona va tarmoqlarning, shuningdek, mamlakatlarning ishlab chiqarish sohasida bir-biriga yaqinlashuvi, ular ortasida uzviy iqti ..

                                     

ⓘ Iqtisodiy integratsiya

Iqtisodiy integratsiya – turli korxona va tarmoqlarning, shuningdek, mamlakatlarning ishlab chiqarish sohasida bir-biriga yaqinlashuvi, ular ortasida uzviy iqtisodiy aloqalar onatilishi, mamlakatlararo yagona umumiy xojalikning shakllanishi jarayoni. Iqtisodiy integratsiya butun bir mamlakatlar milliy xojaliklari darajasida, shuningdek, korxonalar, firmalar, kompaniyalar, korporatsiyalar darajasida ham kuza-tiladi. I.i. ishlab chiqarish-texnologik aloqalarning kengayishi va chuqurlashuvida, resurslardan hamkorlikda foydalanish, kapitallarni birlashtirishda hamda iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida birbiriga qulay sharoitlarni yaratishda, ozaro tosiklarni olib tashlashda namoyon boladi. I.i. asosida mehnat taqsimoti yotadi. Mehnat taqsimoti tufayli ayrim mahsulotlar emas, balki detallar ham ixtisoslashgan korxona va tarmoqlarda ishlab chiqariladi. Shu tariqa korxona va tarmoqlar ozaro yaqin va muntazam iqtisodiy aloqa boglaydi. Avvalo, korxonalar ortasida I.i yuz beradi va ularning birlashmasi vujudga keladi, songra I.i. tarmoqlararo miqyosda yuz berib, yirik i.ch. majmualari paydo boladi. Bir tarmoq doirasida gorizontal integratsiya, tarmoqlararo esa vertikal I.i. yuz beradi. Vertikal I.i.ga agrosanoat majmui misol boladi, u q.x., oziq-ovqat, q.x. mashinasozligi, kimyo sanoati va b.ni oz ichiga oladi. Mehnat taqsimoti xalqaro miqyosda amalga oshishi bilan xojalik hayoti baynalmilallashadi, moddiy mahsulot yaratishda turli mamlakatlarda korxona va tarmoklar qatnasha boradi, binobarin, mamlakatlararo I.i. yuzaga keladi, buning natijasida mamlakatlar iqtisodiyotida ixtisoslashish yuz beradi va mamlakatlar bir-birlariga mahsulotlar va xizmatlar yetkazib beradi. Shu sababli hozirgi davrda xalqaro I.i. eng yuqori darajadagi va yetakchi integratsiya korinishi hisoblanadi.

Xalqaro I.i. uzoqdavom etadigan kop bosqichli jarayon bolib, turli shakllarda yuz beradi. Birinchi bosqichda turli mamlakatlar ortasida erkin savdo-sotiq olib boriladigan, bojxona tolovlari, eksport kvotalari bekor qilingan erkin savdo zonalari tashkil etiladi. Natijada davlatlararo tovar ayirboshlashda inte-gratsiyalashuv yuz beradi. Ikkinchi bosqichda erkin iqtisodiy zonalar shakllanib, bu yerda ham bir necha mamlakatlar birlashadi. Bu bosqichda institutegratsion aloqalar savdo-sotiq bilan cheklanmasdan sanoat, bank, sugurta ishi va texnologiya sohasida ham yuz beradi. Bu zonalar ochiq iqtisodiy xududlar hisoblanadi, iqtisodiy aloqalar erkin va kop qirrali bolib, barcha iqtisodiyot subyektlari imti-yetlarga ega boladilar.

Uchinchi bosqichda umumiy bozor shakllanadi. Umumiy bozorni tashkil etgan mamlakatlarning milliy bozorlari birbiri uchun ochiq boladi, amalda milliy bozorlar birla-shib, mamlakatlararo umumiy bozor vujudga keladi. Bu bozorda barcha tovarlar erkin, hech bir cheklovlarsiz kochib yuradi. Ish kuchi, kapital va tovarlar bir mamlakatdan boshqasiga otadi, qaysi mamlakatda resursni ishlatish qulay bolsa, u shu yerga borib joylasha oladi. Umumiy bozorda iqtisodiy chegaralar amalda bekor kilinadi, bojxona tolovlari, eksport kvotalari, tovar sifatiga talab minimal dara-jaga keltiriladi. Umumiy bozor dastlab 1957 y.dan Yevropada shakllangan qarang Yevropa Ittifoqi. Tortinchi bosqichda Iqtisodiy va valyuta it-tifoqi doirasida integratsiya yuz beradi. Bu yerda integratsion alokalar savdo-sotiq va ishlab chiqarish bilan cheklanmay, moliya, pul muomalasi va bank tizimiga ham kirib boradi. Yevropa Ittifokiga kirgan 15 mamlakatdan 12 tasida 2000 - 2001 y.larda umumiy pul - yevro muomalaga kiritildi, milliy pullar muomaladan asta-sekin chiqarildi, yagona soliq tizimi joriy etildi, milliy byudjetlar saklangan holda yagona, umumiy byudjet ham tu-ziladigan boldi. 21-asr boshlaridagi institutegratsiyaning eng yuqori shakli bolgan Iqtisodiy va valyuta ittifoqi mamlakatlar iqtisodiyotini yuksak darajada birlashtiradi, iqtisodiy umumiylikka ustuvorlik beradi, ammo ayrim mamlakatlar mustaqilligini malum darajada cheklaydi milliy parlamentlar va hukumatlarning bir qator vakolatlari Yevropa Ittifoqining umumiy organlariga berilgan.

Hoz. davrda jahonning boshqa mintaqalarida ham integratsiya jarayonlari jadal bormoqda. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, AQSH, Kanada va Meksikani birlashtirgan Shim. Amerika uyushmasi, Jan.sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi ASEAN, Tinch okean region uyushmasi ATES, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga azo mamlakatlar ortasida integratsion hamkorlik kuchayib bormoqda. 1991 - 2002 y.larda Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy integ-ratsiyasini chuqurlashtirish yolida jiddiy ishlar amalga oshirildi: zaruriy huquqiy va tashkiliy shartsharoitlar yaratildi, davlatlararo ken-gash tuzildi, ijroiya qomita, Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki tashkil etildi.

                                     

1. Adabiyot

  • Viner, J. The Customs Union Issue. Carnegie Endowment for International Peace, 1950, pp. 41–55.
  • Jovanovich, М. International Economic Integration. Limits and Prospects. Second edition, 1998, Routledge.
  • Johnson, H. Optimal Trade Intervention in the Presence of Domestic Distortions, in Baldwin et al., Trade Growth and the Balance of Payments, Chicago, Rand McNally, 1965, pp. 3–34.
  • Balassa, В. Trade Creation and Trade Diversion in the European Common Market. The Economic Journal, vol. 77, 1967, pp. 1–21.
  • Tovias, A. The Theory of Economic Integration: Past and Future. 2d ECSA-World conference" Federalism, Subsidiarity and Democracy in the European Union”, Brussels, May 5–6, 1994, 10 p.
  • Machlup, Fritz 1977. A History of Thought on Economic Integration. New York: Columbia University Press. ISBN 0-231-04298-1.
  • Lipsey, R.G. The Theory of Customs Union: Trade Diversion and Welfare. Economica, 1957, vol. 24, рр.40-46.
  • Porter M. On Competition. Harvard Business School Press; 1998; 485 pgs.
  • Dalimov R.T. The dynamics of the trade creation and diversion effects under international economic integration, Current Research Journal of Economic Theory, 2009, vol. 1, issue 1; www.maxwellsci.com
  • Ruiz Estrada, M. Global Dimension of Regional Integration Model GDRI-Model. Faculty of Economics and Administration, University of Malaya. FEA-Working Paper, № 2004-7
  • Johnson, H. An Economic Theory of Protection, Tariff Bargaining and the Formation of Customs Unions. Journal of Political Economy, 1965, vol. 73, pp. 256–283.
  • Riezman, R. A Theory of Customs Unions: The Three Country–Two Goods Case. Weltwirtschaftliches Archiv, 1979, vol. 115, pp. 701–715.
  • Меаdе, J.E. The Theory of Customs Union.” North Holland Publishing Company, 1956, pp. 29–43.
  • Karimov I. A., Ozbekiston XXI asr bosagasida: xavfsizlikka tahsid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari, T., 1997
  • Tinbergen, J. International Economic Integration. Amsterdam: Elsevier, 1954.
  • Negishi, T. Customs Unions and the Theory of the Second Best. International Economic Review, 1969, vol. 10, pp. 391–398
  • Dalimov R.T. Dynamics of international economic integration: non-linear analysis. Lambert Academic Publishing, 2011, 276 p.; ISBN 978-3-8433-6106-4, ISBN 3-8433-6106-1.
  • Dalimov R.T. Modelling international economic integration: an oscillation theory approach. Trafford, Victoria 2008, 234 p.