ⓘ Iqtisodiy tizim - iqtisodiy mahsulotni i.ch., taqsimot, ayirboshlash va istemol jarayonida paydo boladigan asosiy iqtisodiy munosa-batlarning shakl va mazmunini ..

                                     

ⓘ Iqtisodiy tizim

Iqtisodiy tizim - iqtisodiy mahsulotni i.ch., taqsimot, ayirboshlash va istemol jarayonida paydo boladigan asosiy iqtisodiy munosa-batlarning shakl va mazmunini belgilab beradigan, mamlakatda tarixan paydo bolgan yoki joriy etilgan, amal qiladigan tamoyillar, qoidalar, qonun yoli bilan mustahkamlangan normalar majmui. I.t. doirasida iqtiso-diyot subyektlari, i.ch. omillari ozaro munosabatga kirishadilar va bu muno-sabatlar malum qonun-qoidalarga bi-noan boshqariladi. I.t. faoliyati mulk, pul va pul tizimi, davlat va nodavlat tashkilotlari, korxona, soliq, daromad, reja, foyda kabi bir kator vo-sitalar yordamida tashkil qilinadi.

I.t. masalasiga qarashlarda turlicha yondashuvlar mavjud. Jahon iqtisodiy adabiyotlarida xojalik-iqtisodiy ti-zimlarni i.ch. vositalariga egalik shakli va iqtisodiy faoliyat muvofiklashtirish va boshqarish usuliga kora tas-niflash koproq tarqalgan. 21-asr boshlaridagi qarashlarda I.t.ni baholashda moddiy-ashyoviy va ijtimoiy-iqtisodiy mezonlar birgalikda qollaniladi, I.t.ning eng muhim bir qator belgilari tariflanadi. Ularga jamiyatdagi iqtisodiy resurslar tavsifi; texnika va texnologiya darajasi; i.ch. harakteri; yaratilgan mahsulot va xizmatlar tarkibi; iqtisodiy munosabatlar tabiati; iqtisodiyotni boshqarish usuli; iqtisodiy siyosat mazmuni kiradi.

Turli qarashlarda insoniyat jamiyati tarixida 3.5 va hatto 7 ta I.t. bolganligi qayd etiladi. Ortodoksal, yani marksistik nazariya I.t.ni tavsiflashda ijtimoiy-sinfiy jihatdan yonda-shadi. Mulkchilik shakli, ekspluatatsi-yaning borligi yoki yoqligi, sinflarning iqtisodiyotdagi mavqei bosh mezon qilib olinadi. Ularga tayangan holda I.t. ishlab chikarish usuli deb ataladi. Marksizmga kora, ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm va kommunizm kabi I.t.lar bor, ularning biri-ikkinchisiga orin boshatib beradi, ular ketma-ket orin almashadi, eng mukammal va songgi I.t. kommunizm deb ataladi. Marksizmga muqobil talimotlarda I.t.ga texnologik va i.ch.ning harakteri, i.ch.ning industriyalashuvi jihatidan qaralgan va baho berilgan. Taraqqiyot bosqichlari nazariyasiga kora, ham 5 ta I.t. yoki bosqich mavjud: ananaviy jamiyat bosqichi; parvoz uchun shartsharoit hozirlash davri; parvoz davri; yetuklik sari harakat davri; ommaviy va yuksak istemol davri. Bu bosqichlar ham ozaro ketma-ketlikda orin almashadi. Bazi bir karashlarda agrar, industrial va informatsion iqtisodiyot davrlari qayd etiladi.

Kopchilik tadqiqotchilar ananaviy, bozor va mamuriy-buyruqbozlik I.t. lari borligini asoslaydilar.

Ananaviy I.t. belgilari: qol mehnati va tabiat kuchlaridan oddiy usulda foydalanish, goyat kam unumli texnologiyaning mavjudligi i.ch.ning agrar harakteri, iqtisodiyotning asosiy tayanchi ekstensiv yuritiladigan q.x.; sanoatning hunarmandchilik va xonaki sanoat shaklida mavjudligi; iqtisodiy biqiklik, yani xujalik avtarkizmi; iqtisodiyot biqiq bolganidan mahsulotlar, asosan, oz is-temoli uchun yaratiladi, ularni ehti-yojdan ortib qolgan qismigina ayirboshlanadi. Xojaliklar natural iste-molchi bolganidan kamdan-kam hollarda bozor bilan aloqa ornatadilar, ozini-ozi taminlagani sababli ular uchun pulning ahamiyati bolmaydi; ozaro iqtisodiy aloqalar xojalikning ichida yoki mahalliy kichik hudud doirasida ananaviy qoidalarga, urf-odatlarga kora, amalga oshadi; iqtisodiy faoliyat jamoa va yakka xususiy mulkka asoslanadi; aholi turmush darajasi past boladi.

Bozor iqtisodiyoti tizimi belgilari: yuksak zamonaviy texnologiyaning mavjudligi; i.ch.ning industrial harakterda bolishi, iqti-sodiy taraqqiyotda axborotning urni va ahamiyatining yuqoriligi; i.ch.da servis - xizmat korsatish sohasi rolining ortib borishi; iqtisodiy usishning intensiv usuli ustuvorligi; iqtisodiyotning ochiq bolishi, uning bozor aloqalariga tayanishi; xil-maxil mulkchilik bolgani holda xususiy mulkning yetakchi urinda bulishi; iqtisodiyotning ijtimoiy yonalishga egaligi; aholi turmush darajasining yuqoriligi; iqtisodiyotga siyosatning kuchli tasir korsatishi; iqtisodiyotning globallashuvi.

Mamuriy-buyruqbozlik tizimi belgilari: mashinalar tizimiga asoslangan texnologiyaning bolishi, lekin uning past darajasi, i.ch.ning industrial-agrar harakteri; iqtisodiyotning yopiq bulishi; davlat mulkining hukmronligi, jamoa mulkining bu mulk qushimchasiga aylani-shi, xususiy mulkning taqiklanishi; iqtisodiyotning bir markazdan turib rejalashtirilishi, reja topshirikdarining majburiyligi; resurslar va mahsulotlarning yagona reja asosida taqsimlanishi; iqtisodiy stimullar zaif bolgani holda siyosiymanaviy stimullarga ustuvorlik berilishi; iqtisodiyotning taqchilli bulishi, aholi turmush darajasining iqtisodiy salohiyatga nisbatan past bulishi, uning goyat sekin osishi.

Evolyusion tarixiy rivojlanish natijasida ananaviy I.t. bozor tizimiga aylanadi, uni revolyusiyey yul bilan yoqotish natijasida zurlik bilan mamuriy-buyrukbozlik tizimi urna-tiladi, u uzini oklamaganidan qaytadan bozor tizimiga utish yuz beradi. Shunday otish jarayonida transformatsiyalashayotgan, yani utish xrlatidagi I.t. yuzaga keladi. Bu tizimning asosiy belgisi rejali mamuriy-buyrukbozlik tizimining bozor tizimiga aylanib borishidir. Bu jarayonda bozor isaohotlari muhim urinda turadi.

Bu tizim kop ukladli bolib qarang Kop ukladli iqtisodiy tizim, uning qanchalik uzoq saqlanishi otish davrining naqadar uzun yoki qisqa bolishiga bogliq.

Ahmadjon Olmasov, Nemat Xolmatov.