ⓘ Kabel - germetik himoyalangan qobiq ichiga joylashtirilgan bir yoki bir necha izolyasiyalangan simlardan iborat material. Kuch, aloqa va radiochastota K.lari, n ..

                                     

ⓘ Kabel

Kabel - germetik himoyalangan qobiq ichiga joylashtirilgan bir yoki bir necha izolyasiyalangan simlardan iborat material. Kuch, aloqa va radiochastota K.lari, nazorat, olchash K.i. va b. xillari bor. Bulardan tashqari, gaz va moy toldirilgan K. ham boladi. K. kopincha mis yoki alyuminiydan, kamdankam polat-mis va polat-alyuminiydan tayyorlanadi. Vazifasiga kora, bir yoki kop simli, doyra va shakldor boladi. Izolyasiyalashda maxsus qogoz, rezina, plastmassa va b. ishlatiladi. Simlarni nam va kimyoviy moddalar tasiridan himoya qiluvchi qobiq qorgoshin, alyuminiy, plastmassa yoki rezinadan tayyorlanadi. K.ni mexanik tasirlar, korroziyalardan saqlash uchun ularga polat lentalar yoki sim lar oraladi va ularning ustidan plastmassa yoki qogoz lenta, jut va bitumlar qoplanadi.

Kuch K.i bilan elektr energiyasi uzatiladi va taqsimlanadi; 1, 2, 3 kop tarqalgani va 4 simli boladi. Bunday K. ning tok otkazadigan simlari mis yoki alyuminiydan tayyorlanib, sirti moykanifol modda yoki mineral moy shimdirilgan K. qogozi, rezina yoxud plastmassa bilan qoplanadi. Odatda, kuch K.ining qobigi qorgoshin, alyuminiy yoki plastmassadan koplanadi, qobiqusti esa K. ipi va metall zirh bilan oraladi. Harakatlanuvchi obyektlar ga elektr energiya keltiriladigan K. egiluvchan qobiqlar bilan qoplanadi.

Aloqa K.i simli aloqada ishlatiladi. Tuzilishiga kora, simmetrik va koaksial K., chastotalar spektri boyicha past chastotali 10 kGs va yuqori chastotali 10 kGs dan yukrri xillarga bolinadi. Bulardan tashqari, vdaharlararo aloqa K.i va mahalliy shahar va qishloq ichidagi st-yadan boshqariladigan, shaxta ichida va b., yer osti zovurga yoki K. kanalizatsiyasi inshootiga yotqiziladigan, xavodan tayanchlar orqali va suv ostidan dare, dengiz va okean tublariga joylashtirib otkaziladigan xillari bor. Aloqa K.i telefon va telegraf aloqada, televideniye va b.da qollaniladi.

Radiochastota K.i bilan radio va videosignallar uzatiladi. Radiochastotali koaksial K., radiochastotali simmetrik K., spiral K. spiralsimon ichki utkazgichli koaksial xillarga bulinadi. Radiochastota K.i orqali uzatiladigan signal chastotalari YukGs dan YugGs gacha boradi. Radiochastota K.i radiotexnik va elektron apparaturalarning elementlarini uzaro tutashtirishda, bu apparaturalarni uzatuvchi va qabul qiluvchi antennalarga ulashda qollaniladi.