ⓘ Kayoniylar, kavilar - Orta Osiyo va Xursonda mil. av. 9 - 8-asrlarda yuzaga kelgan davlat uyushmalarida hukmronlik qilgan qad. podsholik sulolasi. Avesto kitobi ..

                                     

ⓘ Kayoniylar

Kayoniylar, kavilar - Orta Osiyo va Xursonda mil. av. 9 - 8-asrlarda yuzaga kelgan davlat uyushmalarida hukmronlik qilgan qad. podsholik sulolasi. Avesto kitobidagi anana xronologik jihatdan mil.av. 11 - 8-asrlar orasiga mavhum tarzda ishorat qiladi. K. sulolasiga afsona sifatida hamda Orta Osiyoda ilk temir asriga oid tarixiy haqiqat deb qarashlar mavjud. K. haqidagi xabarlar 2 xil talqinga ega: 1) zardushtiylik talimotiga asoslangan diniy talqin ; 2) epik badiiy talqin. Bu yonalish K.larning afsonalash-tirilishiga olib kelgan. Sulola oz nomini kohinlar tabaqasi kavi dan olgan. Katta K. soni manbalarda 3 - 8 tagacha uchraydi. Shuningdek, Apivaxa, Arshan, Pishinax, Biyarshan, Siyavarshan-Siyovushlarni ham oz ichiga oladi. Kichik K.ga Aurvataspa va Kavi Vishtaspa kiritilgan. K.ning asosiy mashguloti - Afrosiyob boshchiligidagi ularga dushman turon qabilalari bilan urushish bolgan. Jahonda zardushtiylik dinining tarqalishi kichik K. davrida bolgan deb hisoblanadi. "Shohnoma"ga kora, K. - Eronning buyuk shoxlari, ammo ularning qudrati va harbiy yutuqlari ashaddiy majusiy, songra zardushtiylik dushmani Rustamta bogliq bolgan. K.ning hukmronlik qilgan yerlari turlicha korsatiladi: Avestoda afsonaviy kollar, daryolar, afsonaviy toglar atrofi, Hilmand daryo havzasi va Drangianadagi Hamun koli atrofida deb korsatiladi. Musulmon mualliflar manbalarida bazilari Balx boshqalari K.ni Yangi Bobil podsholigi hukmdorlari bilan boglaydilar. Bu kabi malumotlar K. haqidagi rivoyat va hikoyatlar afsonaga aylanish davrlarida chalkashliklarga uchragan, Avestoda salbiy manoda ham uchraydi. Bu holni zardushtiylik diniy islohotlaridan oldingi davrlar bilan boglash mumkin. Zardushtning Ahuramazda haqidagi xushxabarini dastlab K. rad etishgan. Shu taassurot izlari Avestoda salbiy munosabat kabi namoyon bolgan. Avestoning keyingi qatlamlarida esa ijobiylasha boradi. Ular adolat, diyonat kurashchilariga "aylana boradilar".

Mirsodiq Ishoqov.