ⓘ Kaktuslar yoki Qumanjir - kaktusdoshlarga mansub kop yillik semiz poyali osimliklar, manzarali va uy osimligi. K. orasida daraxtsimon, butasimon yoki liana shak ..

                                     

ⓘ Kaktuslar

Kaktuslar yoki Qumanjir - kaktusdoshlarga mansub kop yillik semiz poyali osimliklar, manzarali va uy osimligi. K. orasida daraxtsimon, butasimon yoki liana shakllari bor. Ahyonda past boyli daraxt. 2000 dan ortiq turni oz ichiga oladigan 80 ga yaqin turkumi bor. Ularning deyarli hammasi Amerika da tarqalgan. Yovvoyi holda tropik va subtropik chollarda, dengiz boylari, savannalarda osadi. K. bir necha guruhlarga bolinadi: opunsiyalar - dumaloq yoki ovalsimon yassi, bir-biriga birikib osgan tanadan iborat; s ye r ye u s -l ar - tanasi yogon, ustunsimon, etdor; mamillyariyalar - sorgichsimon, chiroyli gullaydi; epifillyumlar - poyasi tasmasimon yassi, yirik tisheimon; ripsalislar - juda sershox, xivchinsimon yoki bargsimon korinishdagi butachalar.

Kopgina turlari chiroyli gullaydi, jan. mintaqalarda ochiqjoylarda manzarali osimlik, shim. mintaqalarda uy va oranjereyalarda ostiriladi. K.ning mevasi va poyasi eti ovqatga ishlatiladi, chorva mollariga ozuqa; otin va yengil qurilish materiali ayrim turlarining yogochlangan poyalari; buta fob devor tarzida foydalaniladi. K. urugi, qalamchasidan va payvand qilish yoli bilan kopaytiriladi. Maysalari urugi ekilganidan keyin 3 - 30 kunda paydo boladi, payvandlash may - avg. da otkaziladi. K. erta bahordan kuzgacha ayrim turlari qishda ham gullaydi. Qishda K. uyda 8 - 10° da saqlanadi, kam sugoriladi. Yozda K. ekilgan tuvaklar quyosh nuri tushadigan yorug va issiq joylarga kochiriladi, tez-tez sugoriladi va tanasiga suv purkab "chomiltirib" turish kerak.