ⓘ Kalava ip, yigirilgan ip - 1 toqimachilik tolalarining barcha turlaridan tayyorlangan pilikyaan pilta mashinada olinadigan iplarning asosiy turi, xom ip. Bir ne ..

                                     

ⓘ Kalava ip

Kalava ip, yigirilgan ip - 1) toqimachilik tolalarining barcha turlaridan tayyorlangan pilikyaan pilta mashinada olinadigan iplarning asosiy turi, xom ip. Bir necha tolani yumshoqqina himarib hosil qilinadi. Bir xil tolalardan yoki har xil tolalarni aralashtirib, yo bolmasa, tolalarga chiqindilar ni qoshib olinadi. Tolalarning xiliga, vazifasiga, olish va pardozlash usullariga, xossalari va tuzilish xususiyatlariga qarab, K.i. turli xillarga bolinadi. Mac, toquvchilik uchun, trikotaj, ip olish, arqon eshish va b. uchun moljallangan K.i.lar farq qilinadi. K.i.ni yigirishga tayyorlash usuliga kora, u karda, taroqli va apparat tizimida tayyorlanadigan xillarga bolinadi. K.i. yigirish mashinalari turiga, pardozlash va boyash usuliga qarab ham xillarga ajratiladi. K. i.ning xom, oqartirilgan, maxsus kimyoviy eritma bilan ishlov berilgan, boyalgan va b. turlari boladi. Tuzilishiga kora, oddiy, olachipor, hajmiy, pishitilgan va b. xillarga bolinadi. K.i.ni paxta, jun, ipak, zigir, ipak va kimyoviy tolalardan tayyorlash mumkin.

K.i.ning asosiy xossalari - ingichkayogonligi, buramdorligi pishitilganlik darajasi, uzuvchi kuchga chidamliligi, uzayuvchanligi, bir tekisligi, mustahkamligi, tozaligi. K.i.dan toquvchilikda, galtak ip olishda, arqon va chilvirlar eshishda foydalaniladi; 2) charxta bir necha marta tekis qilib oralgan va charxdan chiqarib olib taxlangan bir oram ip, ipak; ip yigirish uchun moljallangan xom bir oz pishitilgan ip. Pilta piltakachda yumaloklangan bir bolak paxta, pagani ohistagina chozib hosil qilinadi.