ⓘ Kalamitnamolar - qirilib bitgan bogim tanali osimliklar qabilasi; ulkan qirqbogimlarni eslatadi. Boyi 8 - 12 m, diametri 0.5 - 1 m bolgan. Poyasi bogimlar bilan ..

                                     

ⓘ Kalamitnamolar

Kalamitnamolar - qirilib bitgan bogim tanali osimliklar qabilasi; ulkan qirqbogimlarni eslatadi. Boyi 8 - 12 m, diametri 0.5 - 1 m bolgan. Poyasi bogimlar bilan bogim oraliqlariga ajralgan. Novdalarining bogimlarida shoxlari yoki bir tomirli oddiy chiziqsimon barglari top-top joylashgan. K.ning sporali qubbalari galmagal joylashgan mevalaydigan va mevalamaydigan barglardan iborat bolgan. K. anatomik tuzilishiga kora, qirqbogimlardan ikkilamchi yogochining kuchli rivojlanganligi bilan farq qilgan, lekin tanasi ozakning barvaqt yemirilishi natijasida qirqbogimlarning poyasidek govak bolgan. K.ning asosiy turkumi - CalamitesHHHr 3 kenja turkumi bolgan. Sodda K. devon davrining oxirida paydo bolib, toshkomir davrining ortasida qurib bitgan. Ularning ornini asl K. egallab, bular ham oz navbatida perm davrida yoq bolib ketgan. K. tropik zonaning past va kopincha,botqoq yerlarida juda kop tarqalgan edi.