ⓘ Kaledon burmalanishi - erta paleozoy va silur davrlarida sodir bolgan tof hosil bolish jarayoni. Bazi hududlarda devon davrida yakunlangan. K.b. terminini fanga ..

                                     

ⓘ Kaledon burmalanishi

Kaledon burmalanishi - erta paleozoy va silur davrlarida sodir bolgan tof hosil bolish jarayoni. Bazi hududlarda devon davrida yakunlangan. K.b. terminini fanga fransuz geologi M. Bertran 1887 y.da kiritgan. K.b. Britaniya o.larining katta qismi, Skandinaviya ya.o.ning shim.garbiy qismida, Shpitsbergen o.larida, Osiyoda - Markaziy Qozogistonning garbiy qismi, Garbiy Sayan, Togli Oltoy, Mongoliya Oltoyi, Jan Sharqiy Xitoy, Sharqiy Avstraliyada, Grenlandiyaning shim. va sharqiy qismida, shuningdek, Shim. Appalachi va b. joylarda bolib otgan. K.b. chokish va kotarilish davrlarini oz ichiga oladi. K.b.ning eng dastlabki fazasi kembriyning orta va oxiriga, asosiy fazalari esa ordovik oxiri - silur boshi va oxiriga hamda devon boshiga togri keladi. Dastlab geosinklinal havzalar paydo bolgan. Bu havzalar gilli slanets, grauvakka, spilitdiabaz, diabaz, ohaktosh kabi tog jinslaridan tashkil topgan. Geosinklinal havzalari K.b.ning 2-davrida kotarilib, undagi qatlamlar burmalangan va ularning ornida tog tizmalari paydo bolgan. Yerning geologik rivojlanish tarixini organishda K.b.ning orni muhim. K.b.ning gersin burmalanishidan farqi koplab hududlarda geosinklinal rivojlanishi yakunlanmaganligi, yaqqol ifodalangan old botiklarning yoqligi, kechki kaliyli granitlarning kamligi va erta geosinklinal vulkanizm va ofiolitlarning keng tarqalganligidadir. K.b. bolgan hududlardan xrom, nikel, oltin, nodir metallar, fosfor konlari kop topilgan.