ⓘ Kaliforniy, Cf -Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub suniy radioaktiv kimyoviy element. AQSH Kaliforniy unti va shtati nomiga qoyilgan. Tartib ra ..

                                     

ⓘ Kaliforniy

Kaliforniy, Cf -Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub suniy radioaktiv kimyoviy element. AQSH Kaliforniy unti va shtati nomiga qoyilgan. Tartib rakami 98; aktinoidlarga kiradi, Kaliforniyni 1950 y.da amerikalik olimlar Kaliforniy Tompson, Kaliforniy Strit, Kaliforniy Giorso va Kaliforniy Siborglar olgan. Barkaror izotoplari yoq. Ular ota ogir, uglerod, azot va kislorod atomlari bilan yadro reaktorlarida sintez qilingan. Massa soni 240 - 256 ga teng bolgan 17 izotopi malum: 244Cf, 245Cf, 246Cf, 247Cf, 248Cf va b., yarim parchalanish davri koproq bolgan izotoplari: 249Cf, 251Cf va 252Cf. Kaliforniyning oksidlanish darajasi +2, +3, turgunroginiki +4; Poling boyicha elektr manfiyligi 1.2.

Kaliforniy ota uchuvchan metall. Ikki shakl ozgarishiga ega; 600° dan past temperaturada geksogonal panjarali turgun a-shaklda bolib, 600 - 725°da kubsimon panjarali turgun shaklga otadi. Suyuqlanish temperaturasi 900°, qaynash temperaturasi 1227°. Kimyoviy xossalariga kora, Kaliforniy lantanoidlarga uxshaydi. 1450° da vodorod oqimida qizdirilganda kubsimon monoklin Cf2O3 shaklga otadi.

Yadro reaktorlarida Pu, Am yoki Cm larni uzok, muddat kuchli neytronlar bilan nurlash natijasida Kaliforniy izotoplari olinadi. Kaliforniyning massa soni 249 - 254 bulgan aralashmasida, odatda, 60 - 90% gacha 252Cf buladi. Termoyadroviy portlash natijasida hosil qilingan Kaliforniy 25lCf va 252Cf izotoplariga anchagina boy. Eski 249Vg preparatidan ota sof 249Cf ajratib olinadi. Kaliforniyning yengil neytroni kamchil izotoplarini, odatda, a-zarrachalar bilan nurlantirib yoki ogir ionlar yadro reaksiyalarida, mas, Th, ionini kislorod yoki uran bilan bombardimon qilib olinadi. Kaliforniy izotoplarini ekstraksiya, ion almashinuv va ekstraksiya-xromatografiya usullari bilan ajratib olinadi. Kaliforniy metali uning oksidlari yoki lantanoidlarini litiy ftorid bilan qaytarib olinadi. 1g Kaliforniy olish uchun 10 kg 239Ri sarflanadi. 252Cf aktivatsion analizda, defektoskopiya, neytron karetajida, neft qidirishda, tibbiyotda va b. sohalarda qollaniladi. Kaliforniy va uning birikmalari oga zaharli.