ⓘ Kallamozor svitasi - Ozbekiston jan. va jan garbidagi orta alb yotqiziqlari tarkibidagi stratigrafik birlik, ozbek olimlari O. M. Akram-xojayev, O. Egamberdiyev ..

                                     

ⓘ Kallamozor svitasi

Kallamozor svitasi - Ozbekiston jan. va jan garbidagi orta alb yotqiziqlari tarkibidagi stratigrafik birlik, ozbek olimlari O. M. Akram-xojayev, O. Egamberdiyev va H. H. Mirkamolovlar tomonidan alohida svita qilib ajratilgan. K.s. Sherobod yaqinidagi Kallamozor qishlogi nomi bilan atalgan, umumiy qalinligi 60 - 68 m li alevrolit, qumtosh, giltosh va chiganoqli ohaktoshlardan tarkib topgan. Yotqiziklarda uchraydigan fauna qoldikdari K. s. orta alb yoshiga taalluqli ekanidan dalolat beradi. Shim.ga tomon giltoshlar ornini alevrolit va qumtoshlar egallab boradi. Bobotog va Qarshitog atroflarida qizil qumtosh va kvars gravelitlar bor. Muhim stratigrafik va litologik ahamiyatga ega.