ⓘ Kamtukli halqalilar - halqali chuvalchanglar sinfi. Uz. bir mm ning bir necha ulushidan 2.5 m gacha. Halqalari soni 5 - 7 dan 600 gacha. Parapodiy va paypaslagi ..

                                     

ⓘ Kamtukli halqalilar

Kamtukli halqalilar - halqali chuvalchanglar sinfi. Uz. bir mm ning bir necha ulushidan 2.5 m gacha. Halqalari soni 5 - 7 dan 600 gacha. Parapodiy va paypaslagichlari yoq. Tuklari kop tuklilarga nisbatan kam sonli, 2 topdan tanasining ikki yonida joylashgan. Sezgi organlari odatda bolmaydi, faqat suvda yashovchi ayrim turlarida yoruglik sezuvchi kozchalar bor. 25 - 27 oilasi, 5 mingga yaqin turi bor.

Kopchiligi tuproq va chuchuk suvda, 200 ga yaqin turi dengizlarda hayot kechiradi. Asosan, detrifaglar, bir necha turlari yirtqich, parazit qisqichbaqa zuluklar yoki kommensal. Germafrodit, jinsiy bezlari tanasi oldingi qismidagi bir necha bogimlarida joylashgan. Tuxumlari pilla ichida uruglanadi. Pilla belbogi ishlab chiqaradigan suyuqligidan hosil boladi. Bazan tuxumlari uruglanmasdan partenogenez usulda kopayadi. Ozgarishsiz rivojlanadi. Ayrim turlari kondalangiga bolinish orqali jinssiz kopayadi. Tuproqda yashovchi K.h. gumus hosil bolishiga tasir korsatadi; tuproq strukturasini yaxshilab, uningunumorligini oshiradi. Suv K. h. bazan bentosning asosiy qismini tashkil etadi; ifloslangan suv havzalarining tozalanishiga yordam beradi; baliqlar uchun oziq boladi.