ⓘ Kandil, Kandil sinap - kechpishar olma navi. Yevropa mamlakatlari, Qrim, Gruziya, Ozarbayjonda kop ekiladi. Ozbekistonga 19-asrning 90-y.larida Qrimdan keltiril ..

                                     

ⓘ Kandil

Kandil, Kandil sinap - kechpishar olma navi. Yevropa mamlakatlari, Qrim, Gruziya, Ozarbayjonda kop ekiladi. Ozbekistonga 19-asrning 90-y.larida Qrimdan keltirilgan va sanoat ahamiyatidagi boglar barpo etishda asosiy nav hisoblangan. Daraxti baland, shox-shabbasi ixcham osadi. Kochati otqazilgach, 10 - 12-yili hosil beradi. Apr.ning ortalarida gullaydi. Mevasi chiroyli, silindrsimon, 100 - 120 g, bazan 200 - 250 g, posti och sariq, eti oq, oftobga qaragan tomoni och qizil, sersuv, nordon-shirin. Mevasi avg. oxiri - sent. boshlarida teriladi, fevral - martgacha yaxshi saqlanadi. Namgarchilik yetarli va yezda kuchli shamollar bolmaydigan hududlarda yaxshi osadi va kop hosil beradi. Ogitlarga, sugorishga talabchan.

Bir tupidan 500–600 kg gacha qosil olinadi. Mevabandi uzun 22–30 mm bolgani sababli mevalari shamolda tokilishga moyilroq. Sovuqqa chidamli. K. sanoat ahamiyatiga ega bolgan, eksportbop eng yaxshi xoraki navlardan biri. Kech hosilga kirishi sababli 20-asrning 70-y.laridan Ozbekistonda kam ekiladi.

                                     
  • Delishes, Jonatan, Borovinka Ukraina navi - Renet Simerenko Qrim navlari - kandil sari sinap Olmaning bu guruh navlari O zbekistonga dastlab 19 - asr 2 - yarmidan