ⓘ Kantata - yakkaxon xonandalar, xor va orkestrga moljallangan musiqa asari. Shaklan oratoriyaga yaqin, lekin hajmi kichikligi, mazmunida dramatik rivoji yoq ligi ..

                                     

ⓘ Kantata

Kantata - yakkaxon xonandalar, xor va orkestrga moljallangan musiqa asari. Shaklan oratoriyaga yaqin, lekin hajmi kichikligi, mazmunida dramatik rivoji yoq ligi bilan farq qiladi. Odatda, orkestr muqaddimasi, bir nechta ariya, rechitativ hamda xor qoshiqlaridan iborat boladi. 17-asrda Italiyada rivoj topdi. 18-asr boshida Germaniyada diniy K. yuzaga keldi. Keyinchalik dunyoviy va diniy K.lar boshqa mamlakatlarga tarqalib, mazmunan va shaklan boyidi. Fransiyada L. Kerubini, F.J. Gossek, G. Berlioz, Germaniyada F.Shubert, I. Brams, P. Xindemit, Rossiyada N. Rimskiy-Korsakov, S. Taneyev, S.Raxmaninov, S. Prokofyevlar K.ning yorqin namunalarini yaratishdi. Ozbekiston kompozitorlari ham shaklan va mazmunan rang-barang K.lar yaratishgan: S. Yudakov, "Mirzachol", "Muborakbod"; S. Boboyev, "Hosil bayrami"; M. Leviyev, "Oq oltin"; O. Halimov, "Qoraqalpogiston" va b.