ⓘ Kapital qoyilmalar, kapital mablaglar - i.ch. va noishlab chiqarishga tegishli asosiy fondlarni yaratishga, ularni yangilashga va harakatdagi fondlarni kopaytir ..

                                     

ⓘ Kapital qoyilmalar

Kapital qoyilmalar, kapital mablaglar - i.ch. va noishlab chiqarishga tegishli asosiy fondlarni yaratishga, ularni yangilashga va harakatdagi fondlarni kopaytirishga, obyektlarni qurishga sarf qilinadigan, i. ch.ga qoyilgan mablag. K.q. davlat byudjetidan ajratilgan mablaglar, banklarning kreditlari, korxona, firma, kompaniyalarning foydasi va amortizatsiya fondlari, aholi jamgarmalari hisobidan amalga oshiriladi. K.q. ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, ularni zamonaviylashtirish va iqtisodiy rivojlanishni taminlovchi muhim omil hisoblanadi. K.q. dastlab pul shaklida bolib, pulga resurslar sotib olinadi va bu resurslar i.ch. ning moddiy omiliga aylanadi, natijada iqgisodiy osish yuz beradi.

K.q. tarkibiga qurilish-montaj ishlariga, mashina-uskunalar, jihozlar, transport vositalari sotib olishga va b.ga yonaltirilgan mablaglar kiradi. K.q.ning asosiy qismi kapital qurilishga - yangi obyektlarni barpo etish, ishlab turgan korxonalarni rekonstruksiyalash, i.ch. uskunalarini modernizatsiyalash, i.ch.ni kengaytirish, montaj ishlariga safarbar etiladi. K.q. sarfida alohida tarmoq - qurilishning ahamiyati katta. K.q. ichki va tashqi turlarga bolinadi. Mamlakat daromadi ichki K.q. manbai boladi. Tashqi K.Q- chetdan - chet davlatlar, xorijiy banklar, yakka investorlar hisobidan amalga oshiriladi va bevosita va bilvosita shakllarga ega. Bevosita K.q. chet el firmalari, korxonalari va banklari, tadbirkorlar tomonidan aniq xojalik subyektlarini barpo etish, rivojlantirish uchun bevosita sarflanadigan mablaglardir. Bilvosita K.q. chet el firmalari, banklarining K.q. qabul qilayotgan mamlakat qukumati tomonidan kafolatlangan loyihalarni amalga oshirishga yonaltiriladi. 2001 - 2002 y.larda Ozbekistonda yalpi kapital qoyilmalarning 30% dan ortigi xorijiy investitsiyalar hissasiga togri keldi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokida Ozbekistonda Qarshiteks, Buxoroteks, Kabul-Toytepa, Kabul-Kokcha, Shortan gaz-kimyo majmui, Asakadagi "OzDEUavto" avtomobili zavodi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va b. yirik sanoat korxonalari qurildi qarang Investitsiyalar.

Sadir Salimov, Ergash Akromov.