ⓘ Karam - butguldoshlar oilasiga mansub, bir, ikki va kop yillik osimliklar turkumi, sabzavot va yem-xashak ekini. K.ning Yevrosiyo va Shim. Afrikada 35 ga yaqin ..

                                     

ⓘ Karam

Karam - butguldoshlar oilasiga mansub, bir, ikki va kop yillik osimliklar turkumi, sabzavot va yem-xashak ekini. K.ning Yevrosiyo va Shim. Afrikada 35 ga yaqin turi bor. Kopgina turlari Orta dengiz atrofi va Xitoydan kelib chiqqan. Bryukva, raps, sholgom, surepitsa, xantal ham shu turkumga kiradi. Bir turi - poliz K. ning juda kop turlari xojalik aqamiyatiga ega. Dehqonchilikda ulardan oq boshli K., qizil K., savoy karami, bryussel karami, kolrabi, gulkaram, pekin karami dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida ekiladi. Jahon boyicha oq boshli K.ning umumiy ekin may-doni 2.3 mln.ga, hosildorlik 209.9 s/ga, yalpi hosili 48.8 mln.t. Asosan, oq boshli va gulkaram ekiladi. K. aksari ikki yillik osimlik. Birinchi yil bosh chiqaradi, ikkinchi yili ozagidan gulpoya chiqarib, uruglaydi. Oq boshli K. navlari vegetativ va qosil organlari ning qator morfologik belgilari bilan bir-biridan farq qiladi. Tashqi ozagining boyi 16 - 20 sm, topbargining diametri 60 - 80 sm, bandining uzunligi boyicha barglari bandsiz, 4 - 15 sm bandli, barglari mayda - 25 - 40 sm, ortacha - 40 - 50 sm va yirik - 50 sm va undan yirik bolishi mumkin. Barg toqimasining yuzasi silliq va burishgan. Barglarining rangi och-yashil, toq-yashil, kulrang-yashil, kokish-yashil, yashil-binafsha, olachipor, kok-yashil va qizil-binafsha tusda.

K. boshlari kattaligi va tigizligiga kora, mayda 0.5 - 1.5 kg, ortacha 1.5 - 2.5 va yirik 2.5 kg dan ortiq vaznda boladi. Gullari sargish, yirik, shingillarga toplangan, mevasi qozoq. Urugi yumaloq, toq qongir, diametri 2 mm cha. K. sovuqqa chidamli, urugi 2 - 5° da una boshlaydi. Kokati - 5° so-vuqqa, katta osimligi - 8° qisqa muddatli sovuqqa chidaydi. Oq boshli K. 11 - 18° t-rada bosh hosil qiladi. T-ra 25° dan oshganda bosh chiqarishi kechi-kadi; sernam va yorug joyda tez rivojlanadi.

K. tarkibida qandlar, organik kislotalar, vitaminlar S, R, V, V2, RR, K, Ye va karotin, pantoten va folat kislotalar, yog, fermentlar, fitonsidlar, kaliy, kalsiy, yod, marganets, temir va b. elementlarning tuzlari bor. Bevosita ovqatga ishlatiladi, tuzlanadi va konserva holida istemol qilinadi. K. xalq tabobatida turli kasalliklarga ishlatiladi, organizmdan xolesterinning chiqib ketishini tezlatadi. K.da kletchatka kop. K. navlari ertagi, ortacha ertagi, urtagi, ortacha kechki va kechki guruxlarga bolinadi. K. kochati parnik va issiqxonalarda yetishtirilib, ertagisiga fevral oxiri va mart boshlarida 60x60 sm, 70x70 sm sxemada, ortagisi aprel - may boshlarida, kechkisi iyul oxiri va iyul boshlarida 70x70 sm sxemada ekiladi.

Parvarishi sugorish, qator oralari va tup atrofini yumshatish, ogitlash, zararkunanda va kasalliklarga karshi kurash olib borishdan iborat. Birinchi oziklantirishda gektariga 150–200 kg superfosfat va 120–150 kg ammiakli selitra, ikkinchisida faqat 120– 150 kg ammiakli selitra beriladi. K. ekiladigan yer kuzda yoki erta bahorda haydalib, gektariga 20 - 30 t gong, 300–400 kg superfosfat, 100–150 kg kaliy tuzi sochiladi.

K. urugini bevosita dalaga ekish ham mumkin. Bunda unumdor, begona otlardan toza yerlarga seyalkada qator orasini 60 - 70 sm dan qilib, 1 ga maydonga 1 - 1.5 kgurugsepiladi. 2 - 3 chin barg chiqargach, yaganalab, har uyada 30 - 40 sm oraliqda bittadan osimlik krldiriladi. Bundan keyingi ishlar kochati otqazilgandagi ishlar bilan bir xil. Ortacha hosildorligi 1 ga dan ertapishari 200 - 300 s, ortapishari 400 - 500 s, kechpishari 600 - 900 s. K. urugchiligi bilan K. ekiladigan barcha zonalarda shugullaniladi.

Ozbekistonda oq boshli K.ning quyidagi navlari ekiladi: Gribovskiy 147 - ertagi, kochati otqazilgach, 60 - 65 kunda yetiladi. Boshi 0.7–1 kg, yumaloq, ortacha zich, kokish, pishganda yoriladi. Toshkent 10 - ortagi, kochati otqazilgach, 90 - 110 kunda pishadi. K.i 2 - 2.5 kg, yumaloq-yassi, issiqqa chidamli. Ozbekiston 133 - orta kechki, kochati otqazilgach, 110 - 120 kunda yetiladi. K.i 2.5 - 4.3 kg, yumaloq-yassi. Shuningdek, Apsheron kuzgisi, Saratoniy, Navroz, Ashxobod, Parallel Fp Derbent va b. navlari ham ekiladi 2002.

K. zararkunandalari. K.ni zararlaydigan hasharotlar turlari juda kop, asosiylari karam biti, karam kuyasi, karam qandalasi, karam oq kapalagi vab. Karam biti - qanotsiz urgochisi 1.9 - 2.3 mm, tuxumsimon, kokish-kulrang, kulrang mum gubor bilan qoplangan; qanotli urgochisi 2.15 mm, boshi va kokragi jigarrang, qorni kokish-sariq, ozroq mum guborli. Bir mavsumda 15 martagacha avlod beradi. Karam kuyasi - kapalagi qanotlari yozilganda 14–17 mm; oldingi qanotlari qongir, keyingisi kulrang. Lichinkasi qurti 9–12 mm, urchuqsimon, yashil. Tuxumi 0.4 - 0.5 mm, yumaloq-suyri, och sariq. Hamma joyda uchraydi, asosan, K. va kizil lavlagini zararlaydi. Begona otlarda, K. ozagi va barglarida qishlaydi. Tuxumdan chiqqan qurtlari barg bilan oziqlanadi Toshkent viloyatida 9 - 10 ta avlod beradi. Karam qandalasi - tanasi 7 – 8 mm, bogimli, qalqoni qorinni yarmigacha qoplab turadi. Usti zangori yoki yashilsimon qora bolib, qizgish, sargish yoki oqish chiziqlari bor. Osimlik barglarini hartumchasi bilan teshib shirasini soradi, bunda barglar sargayadi, ilma-teshik bolib ketadi, yosh osimliklar qurib qoladi. Koklamda begona osimliklar bilan oziqlanib, barg orqasiga tuxum qoyadi. 6 - 15 kunda tuxumdan lichinkalar chiqadi, kattalashib gumbakka aylanadi. Birinchi bogini, kopincha may - iyunda K.ga tushadi. Karam oq kapalagi - qanoti yozilganda 5.5 - 6 sm, oq, uchi qora korinadi. Lichinkalari qora dogli sargish-och yashil, boyi 1 sm. Orta Osiyo sharoitida yiliga 4 marta avlod beradi. K. kasalliklaridan hosilga katta zarar keltirganlaridan asosiylari: bakterioz, soxta unshudring, qora bogiz, ildiz bogzi qorayishi.

Zararkunandalarga qarshi kurashda kochatni dalaga ekishdan oldin insektitsidlardan birontasining 0.2% li eritmasi purkaladi, osuv davrida biologik preparatlardan dendrobatsillin 1.0 - 1.5 kg/ga, gomelin 0.8 - 1.0 kg/ga eritmalari, hosilni yigishdan 20 - 30 kun oldin insektitsidlar bilan dorilanadi, kasalliklarga qarshi yerni kuzda shudgorlash, osimlik qoldiqlarini yigib olish, uruglikni ekishdan oldin dorilash tadbirlari otkaziladi.