ⓘ Karantin, karantinlash - 1 tibbiyotda - ota xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishini cheklashga karatilgan epidemiyaga qarshi mamuriy va sanitariya tadbirlari ma ..

                                     

ⓘ Karantin

Karantin, karantinlash - 1) tibbiyotda - ota xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishini cheklashga karatilgan epidemiyaga qarshi mamuriy va sanitariya tadbirlari majmui. K. malum hududni kasallik tarkatuvchi manbadan muhofaza qilish va uni yoqotishga hamda kasallikning bir joydan boshqa hududlarga tarqalib ketishiga yol qoymaslikka qaratilgan profilaktik tadbir hisoblanadi. Shu maqsadda K. elon qilingan joyda aholi orasida hamma turdagi aloqa, bordi-keldi keskin cheklanadi. K. epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiya tomonidan elon qilinadi va "Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalari" asosida amalga oshiriladi. Bu hujjat dastlab 1951 y. Parijda Jahon sogliqni saqlash tashkiloti ning 4-sessiyasida qabul qilingan. 1973 va 1981 y.larda bu hujjatga JSSTning 26 va 34-sessiyalarida qoshimchalar kiritilgan.

K. birinchi marta 14-asrda Italiyada qollanilgan. Shunda olat tarqalgan yurtdan kelgan kema 40 kungacha qirgoqqa yaqinlashtirilmasdan dengizda ushlab turilgan. Dastlab K. juda kop kasalliklarda qilinar, hatto, unchalik xavfli bolmagan qizilcha skarlatina kasalligida ham bemor 40 kun alohida xonada ushlab turilardi. Hoz. K. ota xavfli yuqumli kasalliklar: toun olat, sariq isitma; kana va chivin orqali tarqaladigan virusli gemorragik isitmalar: Marburg, Ebol va Laas isitmalari, Denge, Chikugunya, Rift vodiysi, Garbiy Nil isitmasi va ensefalit kasalligida elon qilinadi. "Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalari"ga asosan, K. aeroport va dengiz portlarida hamda avtomobil yollarida joylashgan sanitariya - karantin punktlari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda K. kasallik tarqalgan ochokdan kelgan transport vositasi, ekipaj azolari va yolovchilar salomatligi tekshiriladi, zarurat bolganida ularning badani kozdan kechiriladi. "Dengiz sanitariya deklaratsiyasi" va "Samolyot deklaratsiyasi"ning sanitariya qismini, shuningdek, deratizatsiya kemiruvchilarga qarshi tadbirlar otkazilgani togrisidagi guvohnoma, transport vositasi ichida kemiruvchilar bor-yoqligini aniqlash ushbu xizmat xodimlarining vazifasi hisoblanadi. Zarurat bolganida dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya tadbirlari amalga oshiriladi.

Bemor bilan muloqotda bolganlar yuqumli kasalliklar shifoxonalari va izolyatorlarda alohidalanib, kasallikning yashirin davri otguncha, mas, olatda 6 kungacha tibbiy kuzatuv ostida boladi. Bu davrda malum profilaktik davolash kursi belgilanadi.

2)Osimliklar himoyasida - mamlakat hududiga q.x. ekinlarining juda xavfli zararkunandalari, kasallik qozgatuvchilari va begona otlarning kirib kelishidan himoya qilish va zararlanish ochoqlarini aniqlash, ihotalash va yoqotishga qaratilgan davlat choratadbirlari tizimi. Hisob-kitoblarga qaraganda osimlik zararkunandalari va kasalliklari jahon boyicha oziqovqat ekinlari potensial hosilining 20 - 25% ni yoq qiladi. Mamlakatlararo savdo-iqtisodiy aloqalarning kengayishi darajasiga qarab bir mamlakatda uchramaydigan zararkunandalar, kasalliklar va begona otlar turlarining boshqasiga kirib kelishi xavfi ortib boradi. Mas, uruglik va kochatlar, q.x. xom ashyosi va b. yollar bilan Amerikadan Yevropaga filloksera tok biti, qizilqon bit, kopgina chervetslar, Kolorado kartoshka qongizi, kartoshka fitoftorasi, zarpechak, ambroziya kabi begona otlar kelib qolgan, oz navbatida, Yevropa va b. mamlakatlardan Amerikaga gessen pashshasi, yapon qongizi, don qongizi, sitrus mevalar raki va b. tarqalgan.

Osimliklar K. boyicha birinchi qonun Fransiyada galla ekinlari poya zangi epifitotiyasi munosabati bilan qabul qilingan 1660. AQShda filliokseraga qarshi kurash zarurati tufayli 1881 y.da birinchi qonun kuchga kirdi. 1870 - 1915 y.larda q.x. rivojlangan Germaniya, Fransiya, Avstraliya, Avstriya, AQSH, Meksika va b.da K. boyicha qonunlar qabul qilindi. 20-asrning 70-y.larida 100 dan ortiq mamlakatda K. qoidalari ishlab chiqildi va bu qoidalarning bajarilishini nazorat qiladigan muassasalar barpo qilindi. Sobiq SSSRda 1931 y.da K. xizmati yolga qoyildi. Shu yili K. kasalliklar va zararkunandalarning, 1935 y.da K. begona otlarning birinchi royxati tasdiqlandi.

1932 y. Ozbekiston Respublikasi Qishloq xojaligi vazirligi qoshida Respublika osimliklar karantin davlat inspeksiyasi xizmati tashkil qilindi. Ozbekiston Respublikasining "Osimliklar karantini togrisida" qonuni 1995 y. 31 avgustda kabul qilindi. Osimliklar K. tadbirlari boyicha MDH doirasida Ozbekiston ham qoshilgan davlatlararo shartnoma imzolangan 1992. Ozbekistonda osimliklar karantini boyicha davlat xizmatini Qishloq va suv xojaligi vazirligi qoshidagi osimliklar karantini Bosh davlat inspeksiyasi "Ozboshdavkarantin" bajaradi.

Ozbekiston q.x. tarixida korilgan qatiy choralarga qaramay respublika hududiga boshqa mamlakatlardan kop turdagi ota xavfli K.dagi zararli obyektlarning otib qolishi holatlari kuzatilgan. 1939 y.da Yaponiyadan keltirilgan tut kochati bilan komstok qurti, 1964 y.da kaliforniya qalqondori, 1972 y.da Kolorado qongizi, 1980 y.da issiqxona oqqanoti qarang Oqqanotlar, 1981 y.da Turkiyadan tort dogli donxor, 1983 y.da sharq meva qurti va b. tarqaldi va ular q.x.ga katta iqtisodiy zarar keltirmokda.

21-asr boshida K. kurash tadbirlari qollaniladigan xalqaro royxatga 300 dan ortiq turdagi ota xavfli osimliklar K.i obyektlari kiritilgan. Ularning 66 tasi osimliklar zararkunandalari, 41 tasi zamburugli, nematodali, bakteriyali, virusli osimliklar kasalliklari dir. Ozbekistonda 143 turdagi K. obyektlari royxatga olingan. Shulardan 12 ta turi kam tarqalgan. 3) Veterenariyada - hayvonlarning ota yuqumli, tez tarqalish xususiyatiga ega bolgan va katta iqtisodiy zarar keltiradigan kasalliklari ochoqlarini chegaralash va yoq qilish boyicha tadbirlar majmui.

Xalqaro epizootiya byurosi royxatiga kora Bosh sessiya, 1983, oqsim, brutsellyoz, sil, vezikulyar stomatit, kuydirgi, Auyeski kasalligi; qoramollarda - olat, opkaning umumiy yalliglanishi, qorason emfizematoz karbunkul, tuyalarda - olat va chechak; otlarda - manka, epizootik limfangit, yuqumli anemiya, ensefalomiyelit, kontagioz plevropnevmoniya, olat, yuqumli rinopnevmoniya; parrandalarda - nyukasl kasalligi, pasterrelyoz, ichak difterita, mikoplarioz, chechak; soxta olat, asalarida - amerika va yevropa chirish kasalligi; echkilarda - yuqumli plevropnevmoniya, qoylarda - olat, Rift vodiysi isitmasi, qoylarning kataral isitmasi, qoylarning chechagi, chochqalarda - klassik olat, Teshen kasalligi va b. K. tadbirlari joriy etiladigan kasalliklarga kiradi.

Ozbekistonda kopgina chorva hayvonlarining yuqumli kasalliklari tugatilgan, kopchiligi esa tarqalmagan. Oqsim, otlarning yuqumli anemiyasi cheklangan hollarda uchraydi.

Veterenariya amaliyotda kasallikning tarqalish va xavflilik darajasidan kelib chiqqan holda, ayrim xonadon, ferma, poda, asalari oilalari, suv xavzasi, xojalik, aholi yashash punktlari, tuman, shahar, viloyat, respublika hududlariga tegishli hujjatlar asosida K. qoyiladi.

K. tadbirlari har bir kasallikni tugatish boyicha tegishli korsatma va yoriqnoma asosida otkazilib, hayvonlarni K. hududiga kiritish, chiqarish, mahsulot tayyorlash, yarmarka, bozorlarda mol sotish taqiklanadi. K. belgisi chegaraga osib qoyiladi va krrovul posti tashkil etilib, kirib-chiqish tartibga solinadi.

Shonosir Shovahobov, Sulton Alimuhamedov, Hoshim Nurmamatov.