ⓘ Karomat - 1 diniy va mifologik tasavvurlarda xudoning, gayritabiiy kuchlarning aralashuvi bilan vujudga keladigan gayritabiiy hodisalar. Uni muqaddas kitoblar v ..

                                     

ⓘ Karomat

Karomat - 1) diniy va mifologik tasavvurlarda xudoning, gayritabiiy kuchlarning aralashuvi bilan vujudga keladigan gayritabiiy hodisalar. Uni muqaddas kitoblar va xatga bitilgan rivoyatlar ifodalaydi. Islomga kora, shu hodisalar paygambarlarda namoyon bolsa - mojiza, aziz-avliyolardan sodir bolsa - K. deyiladi. Gayridin, kufr ahlidan sodir bolsa sehr-jodu, kozbaxshilik yoki istidroj deb ataladi. Mas, Muso paygambar qolidagi hassasini toshga urganda undan suv otilib chiqqani, kerak bolganda u ajdahoga aylanib, sehrgarlar yasagan ilonlarni yutib yuborgani mojizadir. Muhammad ga berilgan mojizalarning eng ulugi - Quroni karim sanaladi. K.lar tasavvuf shayxlari, tariqat peshvolari, aziz-avliyolarning uzoq, masofani oz muddatda bosib otishlari, suv ustida, havoda bemalol yura olishlari, hojatlari zudlik bilan ravo bolishi va b. bilan izohlanadi; 2) ilohiy bilim negizida biror hodisa holatini oldindan aytib berish.