ⓘ Karyer - foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib oladigan korxona; yer qaridan foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olishda hosil boladigan chuqurliklar majm ..

                                     

ⓘ Karyer

Karyer - foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib oladigan korxona; yer qaridan foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olishda hosil boladigan chuqurliklar majmui. K. bir nechta pogona tizimlaridan iborat bolib, odatda, yuqoridagi pogonalar puch tog jinslarida joylashadi, pastki pogonalarda foydali qazilma qazib olinadi. Foydali qazilmani qazib olish uchun puch tog jinslarini surib ochiladi.

Ochiq usulda foydali qazilmalarni qazib olish qad.dan malum. Dastlabki katta K.lar Qad. Misrda ehromlar bunyod etilishi bilan bogliq bolgan, keyinchalik K.larda bunyodkorlik va haykaltaroshlik ishlari uchun marmar toshlari katta hajmda qazib olingan. 20-asr boshigacha ochiq kon ishlari keng rivojlangan. Asrning oxiriga kelib dunyoda qurilish materiallari sifatida ishlatiladigan tog jinslarining qariyb 95%, foydali qazilmalarining 70%, qongir komirning 90%, toshkomirning 20% K.lardan qazib olingan. Katta K.larda yiliga onlab million tonna foydali qazilma va puch tog jinslari qaziladi. Jahondagi eng katta K.lar: "Bogatir" Qozogiston - yiliga 50 mln.t dan ortiq toshkomir va 25 mln.m3 qoplama tog jinslari, "Maunt-Rayt". Kanada - 45 mln. t temir rudasi va 25 mln.t qoplama tog jinslari, "Fortuna" Germaniya - 42.6 mln.t qongir komir va 89.2 mln.m3 qoplama tog jinslari qazib chiqariladi. Ozbekistonda "Muruntov" oltin qazib oladigan K. bor. Yillik unumdorligi 45 mln.m3. Uz. 3500 m, eni 2500 m, chuq. 300 m. Loyihada 600 m gacha chuqurlashtirish korsatilgan. "Qalmoqqir" K.ning yillik unumdorligi 24 mln.m3 bolib, tarkibida mis, oltin, kumush, qorgoshin, pyx, reniy, osmiy mavjud bolgan ruda qazib olinadi. "Angren" K.ida yiliga 3 mln. t atrofida qongir komir va kaolin qazib olinadi. Ozbekistondagi 36 marmar va 21 granit K. larda yiliga 2.3 mln.m3dan ortiq 2001 qoplama toshlar va millionlab m3 ohaktosh qazib olinadi. Marmar qazib olinadigan Gozgon, Jom, Zarband va Nurota K.lari, granit chiqadigan Langar va Sevasoy K.lari mashhur.