ⓘ Kassetali kino - magnit lenta yoki diskka yozib olingan videofilmlarni yoxud kassetali kinoplyonkaga yozib olingan odatdagi kinofilmlarni maxsus moslamalar yord ..

                                     

ⓘ Kassetali kino

Kassetali kino - magnit lenta yoki diskka yozib olingan videofilmlarni yoxud kassetali kinoplyonkaga yozib olingan odatdagi kinofilmlarni maxsus moslamalar yordamida oddiy televizor ekranida korishga imkon beruvchi texnik usullar va vositalar majmui. Tasvir va tovush K. k. tizimiga avval suratga olingan kinofilmdan magnit, mexanik, optik usullarida yozib olinadi. Bularda qoyuvchi apparat sifatida videomagnitofonaan foydalaniladi. Ensiz kinoplyonkaga ham yozib olish mumkin. Bunda qoyuvchi apparat sifatida telekino uzatkichdan foydalaniladi. Qayta yozib olingan videofilm yoki kinofilmlar K.k. uchun film nusxalarini koplab nusxada chiqarish uchun asl nusxa bolib xizmat qiladi. Kinofilmni namoyish qilishda tasvir va tovush signallari qoyuvchi apparatda videosignallar va tovush signallariga aylanib, televizion qabul qilgichga keladi. K.k.dan uy sharoitida kinofilmlar korishda, oquv maqsadlarida foydalaniladi.