ⓘ Kategoriyalar - voqelikdagi hodisalar va bilishning muhim, umumiy xususiyat hamda munosabatlarini aks ettiruvchi eng umumiy va asosiy tushunchalar. K. bilish va ..

                                     

ⓘ Kategoriyalar

Kategoriyalar - voqelikdagi hodisalar va bilishning muhim, umumiy xususiyat hamda munosabatlarini aks ettiruvchi eng umumiy va asosiy tushunchalar. K. bilish va ijtimoiy amaliyot tarixiy taraqqiyotining umumlashgan natijasi bolib vujudga kelgan.

K. haqidagi ilk talimot qad. Hindistonning ayrim falsafiy maktablarida uchraydi. Yunon faylasufi Platon dunyodagi narsa va hodisalar tushunchalarning ifodasi shaklida hosil boladi deb hisoblaydi. Aristotel ozining "Kategoriyalar" asarida K.ni obyektiv reallikning inikosi hamda eng yuksak umumlashmasi deb talqin qiladi. U 10 ta kategoriya togrisida malumot beradi: mohiyat, miqdor, sifat, munosabat, joy, vaqt, qoida, holat, xatti-harakat va qiynalish. Aristotelning K. haqidagi talimoti Kindiy, Forobiy, Ibn Sino tomonidan rivojlantirildi. Orta asr sxolastikasi 6 ta kategoriyani bir-biridan farq qiladi: borliq mohiyat, sifat, miqdor, harakat ozgarish, munosabat, egalik. Dekart va Lokk 3 ta kategoriyani korsatib otadi: substansiya, holat modus va munosabat. I. Kant K.ni aql-idrok shakllari deb tushunadi. K. haqida talimotni ishlab chiqishda Gegelning ham xizmati katta. U K. haqidagi keng va murakkab talimot tizimini yaratgan. K. haqidagi talimotga E. Gartman, A. Shopengauer, F. Nitsshe asarlarida ham keng orin berilgan. Har bir inson oz faoliyatida ozigacha shakllangan K. yordamida ish tutadi. K. metodologik va dunyoqarash mazmuniga ega bolib, insonga borliqning mohiyatini, insonning borliqda tutgan ornini togri bilib olishga yordam beradi.

Har qaysi fanning oz K. i bolib, shu fanning xususiyatlarini korsatib turadi. Falsafiy K. fan K.idan farq qilib aniq fanlar rivoji natijalarini umumlashtirib, ilmiy bilishdagi metodologik va dunyoqarash ahamiyatiga ega bolgan tomonlarini tariflab beradi. Falsafaning turli K.i mavjud: borliq, ong, harakat, rivojlanish, fazo, vaqt, inikos, bilish, haqiqat, sababiyat, struktura, tizim, mazmun, shakl, imkoniyat, voqelik, hodisa, moxiyat va b.