ⓘ Kattaqorgon, uzum. Kattaqorgon - kechpishar xoraki, mayizbop uzum navi. Sharqiy ekologik-geografik navlar guruhiga kiradi. Vatani - Orta Osiyo. Tupi kuchli osad ..

                                     

ⓘ Kattaqorgon (uzum)

Kattaqorgon - kechpishar xoraki, mayizbop uzum navi. Sharqiy ekologik-geografik navlar guruhiga kiradi. Vatani - Orta Osiyo. Tupi kuchli osadi. Bargi ortacha va yirik, 3 - 5 bolakchali, oz kertikli, bir oz qabariqli, ustki sirti toq yashil, yaltiroq, ostki sirtida tuklari yoq. Guli funksional urgochi. Uzum boshi yirik, gujumi yirik, ovalsimon yoki tuxumsimon och yashil, etdor, sershira, posti yupqa’, urugi yirik. Hosili faol harorat yigindisi 3400 - 3800° da 150 - 160 kunda, sent. 2-yarmida pishib yetiladi. Hosildorligi 70 - 80 s/ga. K. funksional urgochi gulli bolganligi sababli unga Oq kishmish, Qora kishmish, Pushti Toifi, Saperavi, Sultoniy navlari eng yaxshi changlovchilar hisoblanadi. Sovuqqa va zamburug kasalliklariga chidamsiz. Novdalarining 6 - 14-kozlaridan eng kop miqdorda hosilli novdalari shakllanadi va novdani uzun kesish talab qilinadi. Yangiligida yeyiladi, quritiladi, garmiyon mayi-zi tayyorlanadi. Uzoq yerlarga tashishga yaroqli. Ozbekistonning jan. viloyatlarida r-nlashtirilgan.