ⓘ Kattaqorgon tumani - Ozbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi tuman. 1926-yil 28 -sentabrda tashkil etilgan. Shim.dan viloyatning Ishtixon, janubi-sharqda ..

                                     

ⓘ Kattaqorgon tumani

Kattaqorgon tumani - Ozbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi tuman. 1926-yil 28 -sentabrda tashkil etilgan. Shim.dan viloyatning Ishtixon, janubi-sharqdan Nurobod, garbdan Narpay, sharqdan Pastdargom, shimoli-garbdan Navoiy viloyatining Xatirchi tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 1.47 ming km 2. Aholisi 189 ming kishi. Tumanda 2 shaharcha va 11 qishloq fuqarolar yigini bor. Markazi Payshanba shaharchasi.

                                     

1. Tabiati

Relyefi, asosan, yassi tekislikdan iborat bolib sharqdan garbga nishab, Ortacha bal. 450 m. Shim. chegarasi boylab Qoradaryo, jan. chegarasi boylab Oqdaryo kanali oqib otadi. Ikki daryodan chiqarilgan Miyonkol, Shavat, Toss, Narpay ariklari asosiy sugorish manbaidir. Tuman hududida barpo etilgan Kattaqorgon suv ombori "Kattaqorgon dengizi"ning xojalikdagi ahamiyati katta. "Kattaqorgon dengizi"da baliqchilik xojaligi tashkil etilgan. Iqlimi kontinental. Yozi issiq, quruq, qishi motadil sovuq. Yillik ortacha temperatura 13°, yanvarda - 1.9°, iyulda 29.1°. Maksimal temperatura 44°, minimal temperatura - 35°. Kuzda dastlabki sovuqlar okt. ning birinchi on kunligidan boshlanadi. Sovuq bolmaydigan davr 177 kun. Janubiy-sharqiy va sharqiy shamollar esib turadi. Yillik ortacha yogin miqdori 282 mm. Yoginning kop qismi bahor va qishda yogadi. Bazan qattiq jala quyadi. Tuproqlari och tusli, oddiy yoki tipik boz tuproq bolib, azaldan sugorib kelingan. Yovvoyi osimliklardan kampirchopon, eshakmiya, gumay, semizot, shora, ituzum, chitir, oqquray, karrak, yantoq, yalpiz, namatak, chirmovuq va b. osadi. Yovvoyi hayvonlardan bori, tulki, quyon, chiyabori, jayran, jayra; qushlardan sofitorgay, qirgovul, loyxorak, chumchuq, chugurchiq, zargaldoq, tustovuq, ordak, mayna, sudraluvchilardan gekkon kaltakesagi, toshbaqa, sariq ilon, echkemar, kemiruvchilardan korsichqon, kichik qoshoyoq, qumsichqon, kalamush, sichqon, yumronqoziq, qunduz va b. uchraydi.

Aholisi, asosan, ozbeklar; shuningdek, tojik, rus, tatar, qozoq, koreys, arman va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining ortacha zichligi 1 km 2 ga 128.6 kishi 2002. Shaharliklar 25.6 ming kishi, qishloq aholisi 163.4 ming kishi 2002.

Tuman xojaligi, asosan, qishloq xojaligiga ixtisoslashgan. Sanoat, qurilish, transport, aloqa korxonalari bor. Shirkat xojaliklari paxtachilik, bogdorchilik, sabzavotchilik, gallachilik, polizchilik, tokchilik, chorvachilik bilan shugullanadi. Tumanda qoshma korxona, kichik korxona, aksiyadorlik jamiyatlari, xususiy, shirkat korxonalari mavjud. Hunarmandchilik, qandolatchilik va b. rivojlangan.

Tuman hududi orqali Nukus, Urganch, Buxoro, Navoiy sh.laridan Toshkentga qatnovchi avtobuslar otadi. Kattaqorgon tumani markazidan viloyat ichidagi yonalishlar boyicha avtobuslar qatnovi yolga qoyilgan.

Qishloq xojaligining yetakchi tarmogi - paxtachilik. Qishloq xojaligida sugoriladigan yerlar 25 ming 978 ga, shu jumladan, 13400 ga yerga paxta, 8918 ga yerga galla ekiladi, shuningdek, sholi, beda, poliz, sabzavot ham yetkaziladi. 22 ming ga yerda ormon xojaligi joylashgan, 100 gaterakzor. Kattaqorgon tumanida 22 shirkat xojaligi, 343 dehqon-fermer xojaligi bor. Shulardan, "Kattaqorgon" parrandachilik aksiyadorlik jamiyati, "Oriyon" parrandachili k fermer xojaliklari unumli ishlamokda. Tuman shirkat va shaxsiy xojaliklarida 55 ming 766 qoramol, 30 ming 826 qoy va echki, 389 ming 625 parranda boqiladi 2002. 2001/2002 oquv yilida tumanda 97 umumiy talim maktabi bolib, qariyb 50 ming oquvchi talim oldi. Shuningdek, kasb-hunar maktabi, litseyi, kolleji, musiqa maktablari faoliyat korsatadi. 58 kutubxona, 23 madaniyat uyi, 3 muzey mavjud.

560 orinli kasalxona va boshqalar tibbiy muassasalarda 198 vrach, 828 orta malumotli tibbiy xodim ishlaydi.

"Kattaqorgon haqiqati" tuman gazeta 1931 yildan chiqadi.